The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Diqqat E'lon Bo'sh ish o'rni

E’LON !

O‘zbekiston Respublikasi Davlat va huquq instituti quyidagi bo‘sh lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi:

1. Ma’muriy-huquqiy va jinoiy-huquqiy fanlar  bo‘limidagi vakant lavozimlar

       Katta ilmiy xodim (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega) -0,50 o‘rin

Faoliyat yo‘nalishi

        Yurisprudensiya, ma’muriy huquqning tartib-tamoyillari, jinoiy-huquqiy sohaning  tadrijiy rivojlanish jarayonlari va muammolarini puxta tadqiq etish sohasida fanlararo ma’muriy-huquq va jinoyat-xukuqiy yo‘nalishlarda fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi, ma’muriy huquq, jinoiy huquq fanlari yo‘nalishida yuridik fanlar bo‘yicha fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega,  ma’muriy huquq, jinoiy huquq, jinoyat-protsessual huquq va turdosh huquqiy fanlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishi, ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalar muallifi bo‘lishi, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis.

  1. Fuqaroviy huquqiy va xalqaro huquq fanlari hamda xalqaro tashkilotlar bo‘limidagi vakant lavozimlar

       Katta ilmiy xodim (ilmiy darajaga ega bo‘lmagan)  - 1,00 o‘rin

Faoliyat yo‘nalishi

Yurisprudensiya, Fuqarolik huquqi va halqaro huquq sohasida  fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tajribasini qiyosiy-huquqiy tadqiq etish.

Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari

Yurisprudensiya, Fuqarolik huquqi va halqaro huquq sohasida  fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tajribasini qiyosiy-huquqiy tadqiq etish.

  1. Ma’muriy-boshqaruv bo‘limidagi bo‘limidagi vakant lavozimlar

         Bosh yuriskonsult -1,00  o‘rin

Faoliyat yo‘nalishi

        Yurisprudensiya, tashkilot faoliyatining huquqiy ta’minotini oshirish, shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, tayyorlash va kelishish, buyruq, qaror, nizom va boshqa ichki hujjatlar loyihasini ekspertizadan o‘tkazish, sudlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tashkilot manfaatini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar tuqnashuvini oldini olish bo‘yicha huquqiy chora tadbirlarda ishtirok etish, tashkilot faoliyatiga oib qonunchilikdagi o‘zgarishlarni monitoring qilish va amaliyotga joriy etish.

Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari

Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi, yuridik sohada kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi, fuqarolik, mehnat va ma’muriy qonunchilikni bilishi, davlat tilini mukammal bilishi, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi.

  1. Ma’muriy-xo‘jalik bo‘limidagi vakant lavozimlar

Yengil avtomobil haydovchisi -1,00 o‘rin

Faoliyat yo‘nalishi

Tashkilotga biriktirilgan avtotransport vositasini xavfsiz va samarali boshqarish, avtomobilni texnik holatini kundalik tekshirish va uni soz holatda saqlash, yonilg‘i moylash materiallaridan oqilona foydalanish va ularni hisobini yurvaraqalari, safar hujjatlarit va boshqa zarur hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.

Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari

Kamida o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi, yo‘l harakati qoidalari, mehnt muhofazasi va texnika xavfsizligi talablarini bilishi.

Tanlov o‘tkazish tartibi

Nomzodlar Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida saralab olinadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar

• rezyume yoki ma’lumotnoma – ob’ektivka;

• yuqoridagi talablarga mos tushishni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom va sertifikatlar nusxasi);

• ilmiy ishlari ruyxati

    

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha (dushanba – juma).  

Lavozimi bo‘yicha ish haqi tegishli lavozimidan kelib chiqib to‘lanadi.

     

Hujjatlar  quyidagi elektron manzilda qabul qilinadi:info@islas.uz

IZOH: Istisno tarzda nashr etilgan ilmiy-uslubiy ishlari mavjud, chet tillaridan birini o‘zlashtirgan, ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkaza olish, tahliliy maqolalar tayyorlay olish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga ustunlik beriladi.

Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun kadrlar bo‘limi telefon raqami:

 (90) 982-19-34


×