
Kitob nomi: Zamonaviy konstitutsionalizm: milliy va xorijiy tajriba
Nashr turi: Xalqaro konferensiya materiallari to‘plami
Konferensiya sanasi: 2021-yil 14-dekabr
Nashr joyi: Toshkent
Nashr yili: 2021
Nashriyot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti
Sahifalar soni: 416 bet
ISBN: 978-9943-7481-0-1
Mas’ul muharrir: A.X. Saidov — akademik, yuridik fanlar doktori, professor
Tahrir kengashi: M.Sh. Usmonov, M.T. Turg‘unov, M.A. Tillaboyev
Tuzuvchilar: F.U. Xamdamova, N.X. Safarov, G.R. Barnoyeva
Mazkur to‘plamga 2021-yil 14-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy konstitutsionalizm: milliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiyada taqdim etilgan ma’ruza va tezislar materiallari kiritilgan.
To‘plamda zamonaviy konstitutsionalizmning nazariy-huquqiy asoslari, milliy va xorijiy konstitutsiyaviy tajriba, konstitutsiyaviy islohotlar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat hokimiyatini tashkil etish hamda konstitutsiyaviy qonunchilikni takomillashtirish masalalari yoritilgan.
Shuningdek, konstitutsiyaviy odil sudlov, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, davlat boshqaruvi, xalqaro hamkorlik va huquqiy davlat tamoyillarini mustahkamlashga oid ilmiy qarashlar o‘z aksini topgan.
To‘plamga konferensiyaning yakuniy hujjati, xalqaro-huquqiy hujjatlar hamda milliy qonunchilikdan parchalar ham kiritilgan.
Nashr huquqshunos olimlar, tadqiqotchilar, amaliyotchi mutaxassislar, doktorantlar, talabalar va konstitutsiyaviy huquq masalalariga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.