The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Sun’iy intellektdan foydalangan holda jinoyat sodir etish usullari va ularning ijtimoiy xavflilik xususiyatlari

Maqola nomi: Sun’iy intellektdan foydalangan holda jinoyat sodir etish usullari va ularning ijtimoiy xavflilik xususiyatlari

Muallif: Xujanov Tillabek Keldibekovich

Lavozimi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi

Nashr turi: Ilmiy maqola

Jurnal: Все науки (xalqaro ilmiy jurnal)

Nashr yili: 2026

Jurnal soni: № 7

Sahifalar: 94–103

Maqolaning to‘liq matni (PDF)

Annotatsiya

Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib jinoyat sodir etishning zamonaviy usullari, ularning jinoiy-huquqiy xususiyatlari hamda ijtimoiy xavflilik darajasini belgilovchi omillar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan.

Sun’iy intellektdan jinoyat sodir etish vositasi, jinoiy faoliyatni avtomatlashtirish mexanizmi, soxta raqamli kontent yaratish usuli hamda axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish vositasi sifatida foydalanish xususiyatlari yoritilgan.

Shuningdek, fishing, kiberhujumlar, dipfeyklar, ovoz va tasvirni sun’iy taqlid qilish, kontrafakt kontent yaratish hamda sun’iy intellekt tizimlariga noqonuniy ta’sir ko‘rsatish usullari ko‘rib chiqilgan.

Mazkur jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi ularning keng ko‘lamda sodir etilishi, jabrlanuvchilarga individual ta’sir ko‘rsatish imkoniyati, raqamli kontentning haqiqiyligini sun’iy ravishda taqlid qilish, jinoyatlarni aniqlash va isbotlashning murakkabligi, transmilliy xususiyati hamda jamiyat ishonchiga salbiy ta’siri asosida baholangan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt yordamida sodir etiladigan qilmishlarni an’anaviy jinoyatlarning texnologik jihatdan takomillashgan, avtomatlashtirilgan va yuqori darajadagi ijtimoiy xavflilikka ega shakllari sifatida baholash zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, jinoyat sodir etish usuli, ijtimoiy xavflilik, jinoiy javobgarlik, raqamli jinoyatchilik, fishing, kiberhujum, dipfeyk, sintetik kontent, raqamli dalillar, transmilliy jinoyatchilik, kontrafakt kontent.


×