E’LON !
O‘zbekiston Respublikasi Davlat va huquq instituti quyidagi bo‘sh lavozimlarga xodimlarni ishga qabul qilish uchun tanlov e’lon qiladi:
1. Ma’muriy-huquqiy va jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limidagi vakant lavozimlar
Katta ilmiy xodim (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega) -0,50 o‘rin
Faoliyat yo‘nalishi
Yurisprudensiya, ma’muriy huquqning tartib-tamoyillari, jinoiy-huquqiy sohaning tadrijiy rivojlanish jarayonlari va muammolarini puxta tadqiq etish sohasida fanlararo ma’muriy-huquq va jinoyat-xukuqiy yo‘nalishlarda fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi, ma’muriy huquq, jinoiy huquq fanlari yo‘nalishida yuridik fanlar bo‘yicha fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga va ilmiy unvonga ega, ma’muriy huquq, jinoiy huquq, jinoyat-protsessual huquq va turdosh huquqiy fanlar bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishi, ilmiy maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar va monografiyalar muallifi bo‘lishi, nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar tayyorlash tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassis.
Katta ilmiy xodim (ilmiy darajaga ega bo‘lmagan) - 1,00 o‘rin
Faoliyat yo‘nalishi
Yurisprudensiya, Fuqarolik huquqi va halqaro huquq sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tajribasini qiyosiy-huquqiy tadqiq etish.
Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari
Yurisprudensiya, Fuqarolik huquqi va halqaro huquq sohasida fundamental ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, rivojlangan davlatlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tajribasini qiyosiy-huquqiy tadqiq etish.
Bosh yuriskonsult -1,00 o‘rin
Faoliyat yo‘nalishi
Yurisprudensiya, tashkilot faoliyatining huquqiy ta’minotini oshirish, shartnomalarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, tayyorlash va kelishish, buyruq, qaror, nizom va boshqa ichki hujjatlar loyihasini ekspertizadan o‘tkazish, sudlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tashkilot manfaatini himoya qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar tuqnashuvini oldini olish bo‘yicha huquqiy chora tadbirlarda ishtirok etish, tashkilot faoliyatiga oib qonunchilikdagi o‘zgarishlarni monitoring qilish va amaliyotga joriy etish.
Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari
Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi, yuridik sohada kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi, fuqarolik, mehnat va ma’muriy qonunchilikni bilishi, davlat tilini mukammal bilishi, kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi.
Yengil avtomobil haydovchisi -1,00 o‘rin
Faoliyat yo‘nalishi
Tashkilotga biriktirilgan avtotransport vositasini xavfsiz va samarali boshqarish, avtomobilni texnik holatini kundalik tekshirish va uni soz holatda saqlash, yonilg‘i moylash materiallaridan oqilona foydalanish va ularni hisobini yurvaraqalari, safar hujjatlarit va boshqa zarur hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish.
Lavozimlarga qo‘yiladigan malaka va ko‘nikma talablari
Kamida o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, tegishli toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi, yo‘l harakati qoidalari, mehnt muhofazasi va texnika xavfsizligi talablarini bilishi.
Tanlov o‘tkazish tartibi
Nomzodlar Komissiya tomonidan o‘tkaziladigan suhbat asosida saralab olinadi.
Taqdim etiladigan hujjatlar
• rezyume yoki ma’lumotnoma – ob’ektivka;
• yuqoridagi talablarga mos tushishni tasdiqlovchi hujjatlar (diplom va sertifikatlar nusxasi);
• ilmiy ishlari ruyxati
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha (dushanba – juma).
Lavozimi bo‘yicha ish haqi tegishli lavozimidan kelib chiqib to‘lanadi.
Hujjatlar quyidagi elektron manzilda qabul qilinadi:info@islas.uz
IZOH: Istisno tarzda nashr etilgan ilmiy-uslubiy ishlari mavjud, chet tillaridan birini o‘zlashtirgan, ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkaza olish, tahliliy maqolalar tayyorlay olish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislarga ustunlik beriladi.
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun kadrlar bo‘limi telefon raqami:
(90) 982-19-34