
Maqola nomi: O‘rta asr mamlakatlarida davlat boshqaruvi tarixi (Markaziy Osiyo mamlakatlari misolida)
Mualliflar:
M.T. Turg‘unov — yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori.
A.A. Tulyaganov — yuridik fanlar doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari.
Sadriddinzoda Manuchehr Islomiddin — iqtisodiyot fanlari doktori, Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi Iqtisodiyot va demografiya institutining yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish bo‘limi yetakchi mutaxassisi.
Nashr turi: Ilmiy maqola
Jurnal: Все науки (xalqaro ilmiy jurnal)
Nashr yili: 2026
Jurnal soni: № 7
Sahifalar: 63–76
Mazkur ilmiy maqolada o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan davlatchilik an’analari, huquqiy tizimlarning o‘ziga xos xususiyatlari, Yevroosiyo va Markaziy Osiyo davlatlarining davlat boshqaruvi tizimlari hamda ular o‘rtasidagi farqlar tarixiy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan.
Tadqiqotda o‘rta asr davlatlarining shakllanishi va rivojlanishi, davlat hokimiyatini tashkil etish, boshqaruv institutlarining faoliyati hamda huquqiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Shuningdek, Amir Temur va Temuriylar davrida davlat boshqaruvi tizimi, «Temur tuzuklari»ning davlat va huquq taraqqiyotidagi o‘rni, markaziy va mahalliy boshqaruv organlari faoliyati hamda islom huquqi va odat huquqining jamiyat hayotidagi ahamiyati yoritilgan.
Maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining tarixiy-huquqiy tajribasi boshqa mintaqalardagi davlatchilik an’analari bilan qiyosiy o‘rganilib, davlat boshqaruvi va huquqiy tizimlarning takomillashuv yo‘nalishlari yuzasidan ilmiy xulosalar bildirilgan.
Kalit so‘zlar: o‘rta asrlar, huquq, boshqaruv, Markaziy Osiyo, Yevroosiyo, Movarounnahr, Samarqand, Chingizxon, Amir Temur, Temur tuzuklari, Shayboniyxon, islom huquqi.