The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Mamlakatimizda mulk huquqi va uni himoya qilishning kafolatlari

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida PQ–390-sonli qarorining 2-ilovasi 15.1-bandi (“Oliy ta'lim tashkilotlarida Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlar xodimlari ishtirokida masofaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda fan yoʻnalishlari boʻyicha mahorat darslari, seminarlar, treninglar, vebinarlar va onlayn maslahatlashuvlar tashkil qilish”) ijrosini ta’minlash maqsadida:

o‘zaro hamkorlik doirasida Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2026-yil 24-fevral kuni Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yu.f.d, prof. M.X.Baratov “Mamlakatimizda mulk huquqi va uni himoya qilishning kafolatlari” mavzusida mahorat darsi olib bordi.

Mahorat darsida universitetning Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-2-kurs talabalari (ja’mi 120 nafar) hamda “Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari (6 nafar) ishtirok etdi.

Mashg‘ulot jonli tarzda, auditoriyaning bevosita ishtirokida, kreativ ohang va shaklda amalga oshirilib, unda asosiy fokus mamlakatimizda mulk islohotlarini amalga oshirishning zarurati, mulk, mulk huquqi, xususiy mulk, mulkdorlik, xususiylashtirish va uning oqibatlari (xususan, еrlarni xususiylashtirish), boylik, mulk huquqini amalga oshirish shartlari, mulkiy huquq kafolatlari kabi masalalarga qaratildi. Konstitutsiya (1992/2023), GK va FK normalari, mulkchilik sohasidagi qonunlar (“O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida” / “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida” (2012) qiyosiy tahlilga tortildi.

Ayniqsa, mulk daxlsizligi, mulkdorning o‘z huquqini amalga oshirganida fuqarolarning sog‘lig‘iga va atrof muhitga zarar еtkazishining oldini olish choralarini ko‘rishga majburligi, xususiy mulk bo‘lgan mol-mulk miqdor va qiymat jihatdan  cheklanmasligi birmuncha munozaralarga sabab bo‘ldi.

Talaba yoshlarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari, shu jumladan ob’ektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta ko‘rib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqishi taqiqlanishi, mulkdorning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qilishi, unga muvofiq qonunchilikdagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etilishi kabi qoidalar katta qiziqish uyg‘otdi.

Mahorat darsi amaliy ruhda bo‘lib, u yuzasidan auditoriya o‘zini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar oldi.

Mashg‘ulot so‘nggida kelgusi hamkorlik qirralari belgilab olindi.


×