Joriy yil 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xalqaro tashkilotlar ko‘magida “Zamonaviy chaqiriqlar sharoitida qonun ustuvorligini ta’minlash: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Anjuman “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish: raqamli davrda yondashuvlar transformatsiyasi”. “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish: raqamli davrda yondashuvlar transformatsiyasi”, “Raqamli davrda huquqni muhofaza qilish sohasida taʼlim va fan: muammolar va innovatsion yechimlar” kabi yo‘nalishlarda o‘z ishini olib bordi.
Konferensiya ishida Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d, prof. M.Turg‘unov “O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi ta’limning rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi ma’ruza bilan qatnashdi.


