The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Nazariy-tarixiy, davlat-huquqiy va konstitutsiyaviy-huquqiy fanlar bo‘limi

 

Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari va  vazifalari quyidagilardan iborat:

– Davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining umumiy qonuniyatlari, jahon siyosiy va huquqiy tafakkurining genezisi hamda evolutsiyasini tadqiq qilish;

– milliy davlatchilik va huquqning paydo bo‘lishi, evolyutsiyasi va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;

– davlat va huquqning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro ta’siri umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish;

– milliy davlatchilik rivojlaniishining huquqiy muammolari, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tahlil etish;

– konstitutsiyaviy va parlament huquqi, konstitutsiyaviy odil sudlovning rivojlanishini tadqiq qilish;

– inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va ta’minlashning zamonaviy muammolarini o‘rganish;

– huquqiy madaniyat, huquqiy ong va huquq sotsiologiyasini tadqiq qilish.

 

Bo‘limdagi xodimlar


 

   Azizov Nig‘monjon Pardayevich 1966 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1992 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi FA I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti kunduzgi bo‘lim aspiranturasini tamomlagan, yuridik fanlar doktori, professor, egallab turgan lavozimida 2021 yil aprel oyidan ishlab kelmoqda.

   N.P. Azizov 1997 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya komissiyasining 2004 yildagi qaroriga binoan «dosent» ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2018 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.Yu30.01 raqamli ilmiy kengashda «XX asrning birinchi choragida Turkiston siyosiy partiyalari dasturlarida davlat va huquq masalalari» mavzusida 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiyasini himoya qilgan. 2020 yilda «professor» ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.


 

 

 


×