Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

21-oktyabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

 

Dunyo xalqlari va millatlarining madaniy o‘zagi va asosiy muloqot manbai bu ularning milliy tili hisoblanadi. Shunday ekan har bir tilning saqlanishi hamda yosh avlodga yetkazilishi, xalq taraqqiyoti va uning kelajagini belgilaydi. Birgina til ko‘plab xalqlarni o‘zaro birlashtiradi, tarbiyalaydi, o‘qitadi, urf-odat, an’ana va madaniyatlarini saqlaydi, uni avloddan avlodga o‘tishini ta’minlaydi.

1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu Qonun xalqimizning mustaqillik uchun qo‘yilgan dastlabki qadami bo‘ldi. Ushbu Qonunning 1-moddasi va Bosh Qomusimizning 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili” ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlanishi ham belgilab qo‘yilgan.

2020 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinishi quvonarli hol bo‘ldi. Ushbu qonun bilan har yili 21 oktyabr “O‘zbek tili bayrami kuni” etib nishonlash belgilandi. Endilikda har yili 21 oktyabr butun mamlakatimiz bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlanadi. Bu esa ona tilimizni qay darajada ardoqlashimizni va hurmat qilishimizni bildiradi.

Milliy qadriyatimiz va davlatchilik timsoli bo’lgan ona tilimiz har doim dunyo minbarlarida jaranglab tursin! O‘z sofligi va jozibasini hech qachon yo’qotmasin! Milliy yuksalish yo’lida abadiy barqaror bo’lsin!

Aziz vatandoshlar Fanlar akademiyasi Davlat va huquq jamoasi sizni til bayrami bilan muborak etadi!


×