Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Asosiy maqsadimiz — O‘zbekistonni barqaror rivojlantirish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining

 

2024 yil 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida Barqaror rivojlanish markazi Toshkent viloyat bo‘linmasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamkorligida “Asosiy maqsadimiz — O‘zbekistonni barqaror rivojlantirish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor vazifalari”mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirning maqsadi — Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarning ijrosi,  “O‘zbekiston-2030” strategiyasini ustuvor vazifalari, amalga oshirish jarayonlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish.

Davra suhbatida Barqaror rivojlanish markazi Toshkent viloyati bo‘linmasi rahbari yu.f.d., professor A.Tulyaganov quyidagi masalalarga urg‘u berdi. Jumladan, 2015 yilning sentyabr oyida BMT sammitida 2030 yilgacha bo‘lgan barqaror rivojlanish Kun tartibi va uning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) tasdiqlandi. Mazkur “Kun tartibi bu - odamzod, sayyora va farovonlik yo‘lidagi harakat rejasi” hisoblanib, u “yanada erkinroq sharoitlarda umumbashariy tinchlikni mustahkamlash, barqaror tinchlik va taraqqiyotni ta’minlash g‘oyasiga asoslangan, shuningdek, jahon hamjamiyati tomonidan o‘zaro bog‘liq va globallashayotgan dunyoda mavjud yoki yuzaga keladigan asosiy muammolarni hamkorlikda bartaraf etish uchun birgalikda faol choralar ko‘rishga yo‘naltirilgan” harakatlar rejasidir.

Global Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston ham “2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagiMilliy maqsad va vazifalar”ni belgiladi. 

BRMda inson qadri va uning huquqlarini ta’minlashga bo‘lgan zamonaviy dunyoqarash aks ettirilgan. BRMlar o‘zaro chambarchas bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi bo‘lib, barqaror rivojlanishning “uchta ustuni” - iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan.

O‘zbekistonda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan uchta strategik taraqqiyot dasturi:

• 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi;

• 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi;

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi uning 5ta yo‘nalishi BMT tomonidan belgilangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga to‘la hamohang ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Yangi O‘zbekiston me’mori va tashabbuskori Prezidentimizning so‘zlari bilan aytganda: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish - bu shunchaki xohish-istak, sub’ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruratdir”.

Shu ma’noda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlari uyg‘unligida o‘z oldimizga Yangi O‘zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk maqsadimiz fikrimizning tasdiqidir.


×