Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolik jamiyati institutlari va imkoniyati cheklangan shaxslarning ishtirokini kengaytirish

 

2023 yilning 24 noyabr kuni Toshkent Xalqaro biznes markazining “Navoiy” zalida (Amir Temur shoh ko‘chasi,107 B) “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolik jamiyati institutlari va imkoniyati cheklangan shaxslarning ishtirokini kengaytirish” mavzusida (onlayn va oflayn shaklda) xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Barqaror rivojlanish markazi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, BMT agentliklari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (GIZ) bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Xalqaro konferensiyaning bosh maqsadi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi asosida ishlab chiqilgan BMT Bosh Assambleyasining “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolar va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida”gi rezolyusiya loyihasini;

– O‘zbekistonni 2030 yilga qadar Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni bajarishda fuqarolik jamiyati institutlari va imkoniyati cheklangan shaxslarning ishtirokini kengaytirish masalalarini muhokama qilish.

Qayd etish zarurki, mazkur konferensiya mamlakatimizda O‘zbekiston parlamentining ikki palatasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida tashkil etildi.

Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi doirasida, xususan: barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bo‘yicha O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar tajribasi, shuningdek Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Zero, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlat va nodavlat tashkilotlarining yaqin hamkorligi Global barqaror rivojlanish 2030 maqsadlari kun tartibiga erishishda muvaffaqiyat garovidir.

Barqaror rivojlanish maqsadlari oyligi yakunlariga ko‘ra, Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda parlamentlararo hamkorlik” II Xalqaro global forumi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev ta’kidlaganidek, Barqaror rivojlanish maqsadlari “uchta ustun” – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muvozanatni va barqaror rivojlanishni ta’minlash tamoyillariga asoslangan. Ular mamlakatimizni rivojlantirishning uchta kompleks strategik dasturlari:

• 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi;

• 2022-2026-yillarda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi;

• “O‘zbekiston-2030” strategiyasida o‘z ifodasini topgan.

Masalan, “O‘zbekiston-2030” strategiyasining beshta yo‘nalishi nafaqat BMTning 2030 yilgacha bo‘lgan kun tartibiga mos keladi, balki O‘zbekistonning barqaror rivojlanish bo‘yicha 16 ta milliy maqsad va vazifalarini ham to‘liq qamrab oladi.

Qayd etish lozimki, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham 2023 yil 19 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasidagi Shavkat Mirziyoev bilan uchrashuvida mamlakatni isloh qilish bo‘yicha yangi strategiyaga kiritilgan maqsad va vazifalarning ko‘lamdorligini, ular Barqaror rivojlanish maqsadlari bilan to‘liq hamohangligini qayd etdi. Shuningdek, BMTning barcha institutlari ushbu dasturiy hujjat – “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda yordam berishga tayyor, ekanini ta’kidladi.

Mazkur xalqaro konferensiya O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanishi, shuningdek, BRMlarining butun dunyo uchun dolzarbligi oshayotgani sharoitida o‘tkazilmoqda.

Xususan, xalqaro anjuman ishtirokchilari, so‘nggi 7 yil ichida:

birinchidan, bugungi kunda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi hamkorlik doirasida 140 ga yaqin qo‘shma dastur va loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani;

ikkinchidan, O‘zbekiston BMTning qator nufuzli tuzilmalariga a’zo etib saylangani va ular faoliyatida faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlandi.

Jumladan, O‘zbekiston tomonidan BMT Inson huquqlari kengashi a’zosi sifatida inson huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha global, mintaqaviy va milliy miqyosda 30dan ortiq tashabbuslari ilgari surildi.

Qayd etish lozimki, xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoev tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining 7 ta rezolyusiyasi qabul qilinganligi alohida e’tirof etildi.

Xalqaro konferensiya davomida ekspertlar mamlakatimizda mazkur jarayonlarda imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyat hayotidagi ishtiroki bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Yurtimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarning qadr-qimmatini, ularning mustaqilligini, tanlash erkinligini hurmat qilish, ularni nogironlik belgisiga ko‘ra kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, jumladan, nogironligi bo‘lgan bolalarning rivojlanayotgan qobiliyatini va o‘z individualligini saqlab qolish huquqini hurmat qilinishini ta’minlash borasida 600ga yaqin nodavlat notijorat tashkilot ishtirok etdi.

Mazkur NNT vakillari BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini to‘la-to‘kis bajaralishini kuzatib borish hamda amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini ham e’tirof etish lozim.

Bu jarayon, ayniqsa, BMTning inson huquqlarini to‘laqonli ta’minlash borasidagi konvensiyalarini nafaqat ratifikatsiya qilish, ayni chog‘da, uning ijrosini ta’minlash jarayonlariga ham davlat tuzilmalari bilan bir qatorda NNTlari keng jalb etilayotganini kuzatish mumkin.

Xalqaro konferensiyada ham soha vakillari tomonidan O‘zbekistonning milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari va ularni amalga oshirilishini nazorat qilish, fuqarolar va davlat organlari hamda mamlakatning boshqa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlarining amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu masala doimo diqqat markazida bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Xalqaro tadbir davomida BMT Bosh Assambleyasining “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda fuqarolar va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kengaytirish to‘g‘risida”gi rezolyusiya loyihasi qizg‘in muhokama etildi, xususan unda bayon etilgan tavsiyalarni jahon amaliyotiga joriy etish bo‘yicha qator ahamiyatli takliflar bildirildi.


×