The site is running testing mode

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Davlat va huquq institutida hashar tashkil etildi

 

Hashar – xalqimizga xos azaliy va ezgu qadriyatlardan biri. U atrofimizni o‘rab turgan ona tabiatni obod qilish bilan birga, odamlar o‘rtasida hamjihatlik, ahillik va o‘zaro ko‘mak kabi fazilatlarni mustahkamlaydi.

Navro‘z bayrami arafasida hamda muborak Ramazon oyida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori bilan o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari ozod va obod yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida ham hashar uyushqoqlik bilan tashkil etildi. Institut binosi joylashgan chor atrof hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, mevali va manzarali daraxtlar orasi yumshatildi, chopildi, keng maydonlar supurib-sidirildi.

Butun jamoa ushbu xayrli ishda faol ishtirok etdi.

   

   

   

   

   


×