2024-yil 18-noyabr kuni Davlat va huquq institutida “Davlatimiz bayrog‘i – faxrimiz va g‘ururimiz timsoli” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatini Davlat va huquq institutining Nazariy-tarixiy, davlat-huquqiy va konstitutsiyaviy-huquqiy fanlar bo‘limi bosh ilmiy xodimi, yu.f.d., prof. N.P.Azizov olib bordi va davlatimiz bayrog‘i va uning tarixi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, mavzu yuzasidan Davlat va huquq institutining tayanch doktoranti Shahzod Hamdamov “Bayroqning davlatchilik tarixidagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida hamda Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi Qahramon Umidullayev “Bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz” mavzusida chiqish qilishdi, shuningdek, institut katta ilmiy xodimi R.Nazarov ma’ruza bilan chiqish qildi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikaning mustaqilligini, suverenitetini anglatuvchi davlat ramzlari xususan davlat bayrog‘ining ahamiyatini har bir fuqaro chuqur anglashi, bayramlarda, xalqaro tadbirlarda, sport musobaqalarida aynan O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i yuqori ko‘tarilishi va shu orqali o‘zining mustaqilligini, suverinitetini namoyish qilishi, davlat bayrog‘i nafaqat faxr, iftixor ayni paytda mas’uliyat ham ekanligi, davlatimizning bayrog‘ini har bir O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qadrlashi, unga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart ekanligi ta’kidlandi.