Ayni damda Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov, direktor o‘rinbosari A.Tulyaganovlar Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati homiyligida xalqaro tashkilotlar hamkorligida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan o‘tkazilayotgan "Ekologik muammolar: O‘zgaruvchan dunyoda inson huquqlari kelajagi, barqaror yechimlarni izlash" mavzusidagi Inson huquqlari bo‘yicha IV Samarqand xalqaro forumida ishtirok etmoqdalar.