Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy tashabbuslar

 

2024-yil 12-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi qabul qilinganligining 76 yilligiga bag‘ishlab "Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy tashabbuslar" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada O‘zbekiston RespublikasiOliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Bolalar ombudsmani, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi xodimlari, Davlat va huquq instituti, Toshkent davlat yurudik universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada barcha muhokama qilingan masalalar, bildirilgan fikrlar asosida inson huquqlarining himoyasini ta’minlashda Inson huquqlari umumjahon dekloratsiyasi va uning asosida ishlab chiqilgan xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka ta’siri, inson huquqlarini ta’minlash jarayonlariga raqamlashtirishning ta’siri, raqamli inson huquqlarini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalarga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

   


×