Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

"Inson huquqlari uyi" – inson sha’ni, qadr-qimmati uyi

 

Kuni kecha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorligida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Axborot-resurs markazi negizida “Inson huquqlari uyi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga faoliyati inson huquqlarini himoya qilish va huquqiy normalarni targ‘ib qilish bilan bog‘liq xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat organlari mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, ilm-fan va jamoat arboblari ishtirok etdi.

Alohida ta’kidlash joizki, mazkur tadbir 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun va 10 dekabr – Inson huquqlari xalqaro kuni timsolidagi ikkita muhim sanaga bag‘ishlandi.

Shundan keyin, an’anaga ko‘ra Inson huquqlari uyining ochilish marosimi amalga oshirildi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar Prezident Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan bunyod etilgan “Inson huquqlari uyi”ning ochilishi mamlakatimiz inson huquqlarini himoya qilish taraqqiyoti yo‘lida g‘oyat muhim qadam ekanini e’tirof etdilar.

Jumladan, akademik A.Saidov “Inson huquqlari uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi bilan barchani qutlab, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida ochilgan mazkur uy tom ma’noda inson huquqlari uyiga aylanishi borasida barchamiz mas’ul ekanimizni, uning faoliyati barcha qatlam fuqarolar uchun ochiq ekanini qayd etdi.

Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov o‘z tabrik so‘zida institut jamoasi hamkorlik uchun tayyor ekanini bildirdi.

Tantanali tadbir yakunida mehmonlar “Inson huquqlari uyi”ning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.


×