Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Inson huquqlari uyida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”

 

2024-yil 20-dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida akademik Akmal Saidov bilan faol yoshlar guruhi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining ilmiy xodimlari, kunduzgi doktarantlari, mustaqil izlanuvchilari hamda institut yosh olimlar kengashining boshqa a’zolari ishtirok etishdi.

Inson huquqlari uyida o‘tkazilgan mazkur tadbir, mamlakatimizda 2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb belgilanganini hisobga olgan holda, “Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotlar seriyasining muhim qismi bo‘ldi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, shuningdek, yangi g‘oyalar va tashabbuslarni muhokama qilish uchun  bunday turdagi uchirashuvlarni doimiy tashkil etish fikri ilgari surildi. Akademik Akmal Saidov o‘z ma’ruzasida yoshlar siyosatining ahamiyati va mamlakatdagi islohotlarda yoshlarning faol ishtiroki haqida fikr bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning shaxsiy rivojlanishi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar tashabbuslarini amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining katta qismini yoshlar tashkil etadi, bu esa mamlakatning ulkan imkoniyat va salohiyatini belgilaydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Yoshlar – yurtimiz istiqboli, yorug‘ kelajagimiz bunyodkori.”

Uchrashuv yakunida yoshlar rahbariyat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lishganidan mamnunligini bildirishdi va bunday tadbirlar yoshlar imkoniyatlarini kengaytirishda muhim o‘rin tutishini qayd etishdi.

   

   

   

   


×