Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

“Инсон ҳуқуқлари” ҳафталиги доирасидаги давра суҳбатлари давом этмоқда

 

2023 yil 2 mart kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Inson huquqlari eng oliy qadriyat: voqelik va istiqbollar” mavzusida davra suhbati boshlandi. Ushbu mashg‘ulotlar mamlakatimizda davom etayotgan “Inson huquqlari haftaligi” doirasida tashkil etilib, yurtimiznipg barcha hududlarida o‘tkazilmoqda. Bugun tadbir, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganligining 31 yilligiga ham to‘g‘ri keldi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, O‘zFA  Davlat va huquq instituti hamda “Barqaror rivojlanish markazi” NNT hamkorligida tashkil etilgan anjuman ishida O‘zFA  Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., katta ilmiy xodim M.T. Turg‘unov, yu.f.d., professor A.A. Tulyaganov, yu.f.d., prof. M.X. Baratov, “Barqaror rivojlanish markazi” NNT boshqaruvi kengashi raisi, f.f.d., katta ilmiy xodim M.Sh.Usmanov hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirok etdi.

 

 

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston fan arbobi  G‘.I. Muxamedov davra suhbatini ochib berdi. Davra suhbati Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2023 yil 7 fevraldagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturiga asosan o‘tkazilayotgani alohida ta’kidlandi.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida qayd etilganidek, “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak”.

Anjumanda BMTning “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyasi” mazmun-mohiyati, inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar, xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi qiyosiy-huquqiy tahliliga urg‘u berildi. 

Davra suhbatida, shuningdek inson huquqlarini kafolatli mexanizmini yaratish dastavval insonlarning o‘zida huquqiy madaniyat darajasini oshirishdan iborat ekani, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar qatorida “Huquqshunos-pedagog” yo‘nalishini tashkil etish va bu sohada yetuk mutahassislar bilan jamiyatimizni ta’minlash masalasi muhim ahamiyat kasb etishi aytildi.

Darhaqiqat, inson huquqlari,  ayollar va bolalar huquqlarini ta’minlash mamlakatimizni farovon va yorug‘ kelajagini ta’minlovchi omil ekanligini barcha yurtdoshlarimizga singdirish lozimligi ta’kidlandi.


×