Bugun - 24 oktyabr Birlashagn Millatlar Tashkiloti (BMT) tashkil topgan kun. Bundan 79 yil muqaddam jahon hamjamiyatining ulug‘ minbari sifatida tashkil etilgan ushbu tashkilotga O‘zbekeston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 1992 yil 2 martidan to‘laqonli a’zo bo‘ldi.
O‘zbekistonning BMTda doimiy vkili, BMTning o‘zbekistondagi doimiy vakili faoliyat olib bormoqda. Tashkilot minbaridan mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev ona tilimizda - o‘zbek tilmizda qator ilg‘or xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi.
Institut bosh ilmiy xodimi, y.f.d. R.T.Xakimov o‘zining ko‘p yillik izlanishlari, tadqiqotlari yakuni bo‘lgan ushbu monografiya dunyoga keldi. Monografiyada BMTning yaratilishi, rivojlanishi va tuzilishi masalalari o‘rganiladi. O‘zbekistonning xalqaro xuquqning to‘laqonli sub’ekti sifatida rivojlanishi va qaror topishi masalalari yoritilgan.
Monografiya bakalavrlar, tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek davlat idoralari xodimlari va BMT faoliyatiga qiziqqan keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.