Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi

 

2024-yil 2-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

not found

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralar, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. U nafaqat huquqiy, ijtimoiy va siyosiy, balki barchani jipslashtiradigan, fuqarolar o‘z orzu-umidlari, huquq va manfaatlari yechimini ko‘radigan hujjatdir.

2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiya Yangi O‘zbekiston strategiyasini amalga oshirishning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratib, milliy davlatchilik taraqqiyotining tarixiy muhim bosqichida davlat va jamiyatni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

not found

Asosiy qonunimizda “inson – jamiyat – davlat” tamoyili ustuvor qo‘yilib, inson huquqlari kafolatlariga oid normalar soni 3,5 barobar oshirildi. Fuqarolarning shaxsiy huquqlari keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan normalar bilan yanada mustahkamlandi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga asosan Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan yangi institutlar amaliyotga tatbiq etildi. Shuningdek, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan ta’sirchan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha Qonunchilik palatasiga aniq vakolatlar belgilandi. Bu esa deputatlar korpusi faoliyatiga yangicha mazmun-mohiyat olib kirdi.

not found

Tadbirda so‘z olganlar joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovi ham aynan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga muvofiq, yangicha – mojоritar va proporsional saylov tizimi tartibida tashkil qilinganini qayd etdilar.

Qonunchilik palatasining vakolatlari kengaygani, parlament nazoratini amalga oshirishning huquqiy asoslari, qonunchilik takliflarini ilgari surish tartibi, qonunlarni qabul qilish jarayoni takomillashgani ta’kidlandi.

Fraksiya a’zolari yangi tahrirdagi Konstitutsiyada O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati bo‘lgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatiga xizmat qiladigan bir qator yangi normalar aks etganiga alohida urg‘u berishdi. Xususan, tadbirkorlik faoliyati kafolatlarini kuchaytirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlash, adolatli soliq tizimini yo‘lga qo‘yish, monopolistik faoliyatni cheklash orqali tom ma’noda erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish uchun barqaror asos yaratilgani qayd etildi.

Asosiy qonunimizda mulk daxlsizligi va u bilan bog‘liq huquqlarning ta’minlanishi davlat tomonidan kafolatlanishi, mulkiy huquqlarni cheklash faqat sud qarori asosida bo‘lishi mustahkamlandi. Mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlandi. Bu esa iqtisodiyot barqaror o‘sishi, farovon hayotimiz tayanchi hisoblangan tadbirkor va ishbilarmonlarning erkin faoliyati uchun mustahkam huquqiy kafolat yaratdi.

not found

Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar yangilangan Konstitutsiyada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, aholining ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini oshirish, har kim uy-joyga ega bo‘lishini ta’minlash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator normalarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

Tadbirda yangi tahrirdagi Konstitutsiyani izchil amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinib, bu jarayonda fraksiya oldida turgan vazifalar belgilab olindi.


×