Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Milliy ozchiliklarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda samarali ishtiroki bo‘yicha tavsiyalar

 

Ayni dam Samarqand shahrida hamkor tashkilotlar – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda “Milliy ozchiliklarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotda samarali ishtiroki bo‘yicha tavsiyalar” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazilmoqda. Anjumanni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi A.X.Saidov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Darhaqiqat, BMT tomonidan 2001 yili qabul qilingan Durban Deklaratsiyasida qayd etiladiki, “milliy ozchilikning etnik, madaniy, til va  diniy o‘ziga xosligi, ular qaerda yashasa, aynan shu joylarda himoya qilingan bo‘lishi shart va shunday ozchilikka mansub bo‘lgan shaxslarga asosiy inson huquqlari va erkinliklaridan ular ham tenghuquqli ravishda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan holda ular bilan aynan shu jihatda muomalada bo‘lib, ularni kamsitmaslik lozim”. Yangi O‘zbekistonda mamlakatning yangilangan Asosiy qonuni – Konstitutsiya va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida ilgari surilgan normativ-huquqiy tusdagi g‘oyalar xususida so‘z yuritdi.

Xalqaro davra suhbatida O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d. M.Turg‘unov “Milliy ozchilik guruhlarini huquqiy himoyalash asoslari” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada asosiy e’tibor milliy ozchilik tushunchasi, milliy ozchilikning ob’ektiv va sub’ektiv omillari, milliy ozchiliklarning kamsitilishidan himoya qiluvchi xalqaro standartlar, xususan, Barcha mehnatkash-migrantlarning va ularni oila a’zolariga oid  huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya, Apatridlarning maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya,  Qochoqlarning maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya va Mamlakatda yashab, uning fuqarolari bo‘lmagan shaxslarga oid inson huquqlari Deklaratsiyasiga qaratildi.

Milliy ozchiliklar to‘g‘risidagi BMT Deklaratsiyasining 1-moddasida qayd etiladiki, milliy ozchiliklar bu milliy yoki etnik, madaniy, diniy va o‘ziga xos tili bo‘yicha birligi mavjud bo‘lgan odamlar jamoasi bo‘lib, davlatlar ularning hayotiy faoliyatini himoyalashi shart.

Shu ma’noda anjuman ishtirokchilari tomonidan mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan tashkiliy-huquqiy jarayonlar va amaliy ishlar yuksak e’tirof etildi.

Anjuman ishi davom etmoqda.


×