Mamlakatimiz bo‘ylab muhtaram Prezidentimiz boshchiligida davom etayotgan umummilliy harakat – “Yashil makon” loyihasi doirasida kuni kecha Zangiota tumani O‘rtaovul mahalla fuqarolar yig‘inida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Zangiota tumani Kengashi vakillari – olimlar, deputatlar, mahalla oqsoqollari, mahalla yettiligi ishtirokida ezgu amal, ezga niyat, ezgu ish – “Yashil makon” loyihasi doirasida katta madaniy dastur amalga oshirildi.
O‘tayotgan yillarimizning mamlakatimizda u yoki bu nom atalishi bejiz emas. Shu ma’noda kirib kelayotgan 2025 yilimizning yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb nomlanishida o‘ziga xos katta ma’no bor. Darhaqiqat, bunda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan keng ko‘lamli islohotlarni 2025 yilda ham davom ettirish, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillariga asoslangan yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishish, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish va ekologik vaziyatning barqarorligini ta’minlash maqsadi ustuvordir.
Loyiha doirasida katta bir jamoa bo‘lib, ahil-inoq bo‘lib, 1000 tup terak, 200 tup pavloniya daraxti ko‘chatlari o‘tqazildi.
Qo‘y so‘yildi, osh damlandi. Qur’on tilovatlari qilindi.