Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI: manfaat, maqsad va istiqbollar

 

Ayni damda Samarqand viloyati prokuraturasi ma’rifat soatida Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov ishtirok etmoqda. Soha vakillari ishtirokida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga bag‘ishlangan mavzuda ma’ruza qilmoqda.

Darhaqiqat, 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan referendumda umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi O‘zbekistonni barpo etishning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq o‘tkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda. Shu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish talab etilmoqda.

Notiq o‘z so‘zida, shuningdek xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash maqsadida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida butun e’tibor inson, uning qadri va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilganligiga urg‘u berdi.

Xususan, ijtimoiy xizmatlarni majmuaviy amalga oshirish uchun respublikaning barcha tuman va shaharlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini tashkil qilindi va bu ishlar davom etmoqda. Turar joy binolarini qurishda “yashil maydon”larni aholining soniga mutanosib bo‘lishini ta’minlashga erishilmoqda. Inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish yo‘lida – ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash amaliyotini 30 foizdan 20 foizga tushirishga harakat qilinmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish maqsadida – yagona elektron reestr yaratish orqali jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilguniga qadar bo‘lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyati joriy qilinmoqda. Dalillarni to‘plash va mustahkamlash faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va so‘nggi ilmiy yutuqlarni joriy qilish orqali to‘liq raqamlashtirishga o‘tilmoqda.

Uchrashuv davomida kelib tushgan savollarga javoblar berilmoqda.


×