2024-yil 12-noyabr kuni Davlat va huquq instituti hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamkorligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topganining 79 yilligi munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida “O’zbekiston – BMT: hamkorlik chorrahalarida” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.
Davra suhbatini universitet Gumanitar fanlar fakulteti dekani R.A.Ikramov olib bordi. Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.B.Qorayev, O‘zFA Davlat va huquq instituti direktori o‘rinbosari A.Tulyaganov o‘zlarining kirish so‘zlari bilan ochib berishdi. Ishtirokchilar tomonidan BMT Bosh Assambleyasining soʻnggi yillarda bo‘lib o‘tgan 72, 75-76, 78-sessiyalaridagi qator tashabbuslar ilgari surilgan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning nutqi tinglandi. Shundan so‘ng, kun mavzusida Institut bosh ilmiy xodimi R.T.Xakimov – “BMTning maqsad va vazifalari, yangi chaqiriqlar”, institut bo‘lim boshlig‘i M.X.Baratov – “O‘zbekiston – BMT: hamkorlik samaralari”, universitet professori N.Nazarov – “Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston mavqei va ko‘p tomonlama munosabatlar” mavzularida qiziqarli ma’ruzalar bilan chiqishdi.
Anjuman ishida shuningdek, institut katta ilmiy xodimi B.Akramxodjaev, universitet Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedra mudiri G.G’.G’affarova va professor-o’qituvchilari Sh.X.Tog’ayev, F.A.Ibroximov, O.T.Berkinov, yo’nalish tyutori U.I.Muzaffarovlar chiqishlar qilishdi.
O‘zbekistonning BMT doirasidagi xalqaro tashabbuslariga e’tibor qaratildi. Hamkorlik robitalariga urg‘u berildi. O‘zaro savol-javoblar anjuman ishiga yanada jo‘shqinlik bag‘ishladi. Qiziqarli tezkor tanlov o‘tkazildi. Davra suhbati yakunida hamkorlikning keyingi qirralariga kelishib olindi.