Davlat va huquq institutida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida tasdiqlangan reja bo‘yicha 2023-yil 1-dekabr kuni “Nazariy-tarixiy, davlat-huquqiy va konstitutsiyaviy huquqiy fanlar” bo‘limi xodimlari tomonidan institut hududiga qarashli yer uchastkasi tozalanib, yumshatildi. Ekilgan daraxt va gul ko‘chatlari sug‘orildi. Bo‘lim boshlig‘i J.Toshqulov, bosh ilmiy xodim N.Azizov, katta ilmiy xodim Q.Umidullayev, laborantlar A.Muqumjonov, O.Pardayev, S.Raxmonberdiyev tomonidan 6 (olti) tup olma daraxti ko‘chati ekildi.