O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED Markaziy tergov hibsxonasida xizmat qilayotgan yosh xodimlar va ularning murabbiylari o‘rtasida "O‘zbekiston strategiyasi-2030" Davlat dasturiga bag‘ishlangan huquqiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirga, O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi, Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Turg‘unov Murodjon Tursunboevich, O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi, Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor Baratov Mirodil Xomudjonovich, Taraqqiyot strategiyasi markazining bo‘lim boshlig‘i Xolbekov Avazbek Mexmonovich va markaziy tergov hibsxonasi boshlig‘i polkovnik Dusanov Eshqobil Ernazarovich boshchiligida "O‘zbekiston strategiyasi-2030" Davlat dasturidagi asosiy vazifalarning beshta maqsadi hamda 2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning mazmun va mohiyatlari tadbir ishtirokchilariga to‘liq tushuntirildi.
Xodimlar o‘zlari qiziqtirgan barcha savollarga to‘liq javoblar oldilar.