2024 y. 12-13 aprel kunlari Moskvada, Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stli universitetida «Bliщenko o‘quvlari» XX xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi. Global sivilizatsiyalararo ziddiyatlar sharoitida xalqaro huquqning o‘rniga bag‘ishlangan ushbu ma’rifiy tadbir doirasida yalpi majlis va 12 ta davra suhbati tashkil etildi.
Yigirmanchi bor o‘tkazilgan Kongress ishida Rossiya, Xitoy, Eron, Braziliya, Fransiya, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlari – jami o‘ttizga yaqin mamlakat mutaxassislari, shuningdek, Rossiyadagi turli respublikalari va viloyatlari 100 dan ortiq universitetning (jumladan – Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon davlat universitetlari) 400 nafardan ziyod vakili qatnashdi. Ishtirokchilarning 37 nafari fan doktori, 86 nafari fan nomzodi, 19 nafari professor va 49 nafari dotsent hisoblanadi.
Xalqaro anjumanda mamlakatimiz delegatsiyasi ham ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov so‘zga chiqdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari “Raqamli texnologiyalar va huquq” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ham qatnashdi. Moskva psixologiya-sotsiologiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan ushbu forumda akademik A.Saidov “Yuridik fan va raqamli texnologiyalar davrida huquqshunoslik kasbining ahamiyati” mavzusida ma’ruza qildi.
O‘z navbatida, Moskva psixologiya-sotsiologiya universiteti rektori A.Panarin O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, u ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta’kidlar ekan, Rossiya professorlari anjumani devonining rahbari sifatida O‘zbekiston ta’lim muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollari haqida atroflicha to‘xtaldi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq huquqiy jarayonlarni tartibga solish va ijtimoiy munosabatlarni muhofaza qilish muammolariga yechim topishga oid masalalar muhokama etildi. Shiddatli tarzda rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar davrida ayni sohaning huquqiy asoslarini ta’minlash va rivojlantirish yuzasidan qiziqarli ilmiy-amaliy munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Kongressda offlan va onlayn formatlarida ko‘p O‘zbekiston olimlari qatnashdi - Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodityoti va diplomatichya universiteti va boshqa nunfuzli tashkilotlari vakillari.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, huquq fanlari doktori Murodjon Turg‘unov Kongress tabirlarida qatnashdi, ma’ruzalar muhokamasida faol ishtirok etdi.
O‘zFA Davlat va huquq instituti
matbuot xizmati