The site is running testing mode

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Ramazon tufhasi

 

“Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsin Navro‘z”

Ha, muborak Ramazon oyida eshik qoqib kelgan bahor qalblarimizda o‘zgacha surur, faxr, shukr tuyg‘ularini yanada jo‘sh urdirmoqda.

Butun elu xalq duoda: bahor ayyomi yarashgan Vatanimizning barcha go‘shalarida doimo yashillanish, o‘sish, ulg‘ayish bo‘lsin. Orzular bahorda bo‘y cho‘zgan niholdek o‘sib, o‘z mevasini bersin. Tinchlik yarashgan, to‘y yarashgan yurtimiz ostonalarida erta tong quyosh bilan birga, baxt kirib kelsin. Kelajagi yorug‘ Vatanimizning har bir insonning yuzi yorug‘ bo‘lsin. O‘z mehnatidan rozi elning ko‘ngliga doimo yaxshilik, yangiliklar bahordek kirib borsin. Navoiy hazratlari aytganidek, “Har tuning qadr o‘lubon, har kuning o‘lsin Navro‘z”.

Ramazon xayiti bu safar Navro‘z ayyomiga vobasta kelmoqda. Ziyoratlar qilinmoqda. Ko‘ngillar olinmoqda.

Fanlar akademiyasi tizimida uzoq yillardan beri samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ustoz Omonboy Oqyulov ayni dam Davlat va huquq instituti safidalar. Qo‘shaloq bayram bahona jamoa ustozning duolaridan bahramand bo‘lish ilinjida xonadonlarida bo‘ldi.

Shu ulug‘ ayyom kunlariga barchamizni tinch-omon, sog‘-salomat yetkazgan Allohga behad shukronalar bildirildi, yurtimizga tinchlik, jamoalimizga ijodiy birlik tilandi.

   

   

   


×