2023 yil 14 dekabr kuni Davlat va huquq institutida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligi doirasida Rossiya Fanlar akademiyasi vise-prezidenti, RFA Ural bo‘limi raisi, yuridik fanlar doktori, professor, akademik V.N.Rudenko va RFA Ural bo‘limi tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i O.V.Rudayalar bilan ijodiy uchchrashuv bo‘lib o‘tdi. Institut direktori M.Turg‘unov uchrashuvni ochar ekan, Yangi O‘zbekistonda ilm-fan va ilmiy tadqiqotlarga berilayotgan jihatlarga urg‘u berdi. Tashkil bo‘lganiga uch yil bo‘lgan Davlat va huquq institutida o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlarga to‘xtaldi. Mehmonlarga O‘zFA shafeligida institutda faoliyat olib borayotgan Yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyati xususida ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvda demokratiya, konstitusonalizm, ma’muriy islohotlar, huquq sub’yektliligi masalalariga urg‘u berildi. Samimiy, ijodiy ruxda bo‘lib o‘tgan uchrashuv o‘zaro savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Uchrashuv so‘nggida hamkorlik istiqbollari xususida kelishib olindi.