O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq institutida 2024 yil 26 noyabr kuni tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari hamda stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat o‘tkazildi. Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4958-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qarori balan tasdiqlangan “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida Nizom”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirining 2024-yil 21 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga stajyor tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qitish bo‘yicha 2025-yil uchun qabul kvotalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi FA Davlat va huquq instituti direktorining 2024 yil 14 noyabrdagi 44-1-sonli buyrug‘i bilan tayanch doktorantura (PhD)ga talabgorlardan ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlarini qabul qilish hamda stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka talabgorlardan suhbat o‘tkazish uchun komissiya tarkibi va apelyatsiya komissiyasi tarkibiga huquqshunoslik sohasida faoliyat olib borayotgan yetakchi olimlar va amaliyot xodimlari kiritilgan. Kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarining xolisligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida video va ovoz yozish vositalaridan, ZOOM platformasidan foydalanildi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 12.00.01-davlat va huquq nazariyasi va tarixi; huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi hamda 12.00.13-inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha o‘tkazildi. Unda jami 7 nafar talabgor ishtirok etdi. Imtihon natijasida eng yuqori ball to‘plagan, tayanch doktoranturaga kirish uchun barcha talablarni to‘liq bajarganlar nomzodlar tavsiya etildilar.
12.00.13-inson huquqlari ixtisosligi bo‘yicha 7 nafar talabgorlar bilan stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat o‘tkazildi. Barcha talablarni bajargan talabgorlar stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun tavsiya etildilar.