Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi direktorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda FA rahbariyati hamda tizimdagi ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-sonli va “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha islohotlar dasturlari va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi toʻgʻrisidagi PF-22-sonli Farmonlarda belgilangan vazifalar ijrosini taъminlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida:
✔️ ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish;
✔️ fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish;
✔️ ilmiy ishlanmalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish;
✔️ yosh olimlarni qoʻllab-quvvatlash va ilmiy maktablarni mustahkamlash;
✔️ xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish kabi ustuvor vazifalar yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, PF-22-sonli Farmon doirasida quyidagi maqsadlar belgilangan:
✔️ mahallalarni kompleks rivojlantirish va infratuzilmani modernizatsiya qilish;
✔️ ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish;
✔️ yoshlar va ayollar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taъminlash;
✔️ innovatsion iqtisodiyot, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish orqali raqobatbardosh mahsulotlar yaratish;
✔️ xalqaro hamkorlikni kengaytirish va Oʻzbekiston brendini global maydonda rivojlantirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21 hamda PF-22-sonli farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini tashkil qilish va barvaqt taъminlash boʻyicha Fanlar akademiyasi prezidenti boshchiligida Ishchi guruh tuzildi.
Mazkur Farmonlar ijrosini taъminlash va oldindan nazoratdan chiqarish boʻyicha Yoʻl xarita va ijrosini kunlik tashkil etish yuzasidan kalendar jadvallar asosida har hafta yakunida muhokama qilish, har oy yakunida Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish belgilab olindi.
Yigʻilishda Davlat va huquq institute direktori yuridik fanlar doktori, professor M.Turg‘unov “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF – 21-son Farmoning mazmun – mohiyati” mavzusidagi maruza bilan ishtirok etdi va yig`ilish ishtirokchilariga farmonning mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.




