The site is running testing mode

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Xiva: amaliy seminar

 

2026-yil 13-aprel kuni Xivada “Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari va O‘zbekiston jazoni ijro etish tizimi tibbiyot xodimlari uchun Istanbul protokoliga muvofiq ishlab chiqilgan qiynoqlarni va boshqa shafqatsiz munosabatlarni sud-tibbiy hujjatlashtirish tartibi” mavzusida ikki kun davom etadigan xalqaro amaliy seminaro‘z ishini boshladi.  

YXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi lchki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni Ijro etish departamenti, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi hamda Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan anjuman ishida akademik A.Saidov (Inson huquqlari bo'yicha Milliy markazi direktori), A.Karttunen, (YXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori), F.Olimov (O'zbekiston Respublikasi lchki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Tibbiyot bo'limi bosh mutaxassisi, podpolkovnik), A.Masharipov (O'zbekiston Respublikasi sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Xorazm filiali boshlig'i), M.Turgunov (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yu.f.d., prof.), A.Shambilov (Qamoqxona islohoti va inson huquqlari bo'yicha xalqaro maslahatchi, MDH hududiy IPPF Xalqaro penitensiar jamg'arma vakili (Ispaniya)), R.Beriashvili (Istanbul protokoli bo'yicha xalqaro ekspert, Istanbul protokolini ishlab chiqish ishchi guruh a'zosi, sud tibbiyoti professori, Tbilisi Davlat tibbiyot universiteti sud tibbiyoti kafedra mudiri, Gruziya) kun mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya yakunida ilmiy hamjamiyat va huquqni qo‘llovchilar vakillarining kelgusidagi tizimli hamkorligi xususida kelishib olindi.

   

   


×