The site is running testing mode

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

Xorazm Ma’mun akademiyasida davra suhbati o‘tkazildi

 

14-aprel kuni Xorazm Ma’mun akademiyasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, Davlat va huquq instituti bosh ilmiy xodimi, akademik Akmal Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori, yuridik fanlar doktori, professor Murodjon Turg‘unov tashrif buyurdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–21-son Farmonning mazmun-mohiyati mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda Xorazm Ma’mun akademiyasi rahbariyati, ilmiy xodimlar hamda doktorantlar, tayanch doktorantlar, stajor-tatqiqotchilar qatnashishdi.

Uchrashuv davomida professor Murodjon Turg‘unov mamlakatimiz rahbari Farmonining mazmunini tanishtirar ekan, ustuvor yoʻnalishlar va samaradorlik koʻrsatkichlari, strategiyaning tendensiyalari, global oʻzgarishlar va yangi chaqiriqlarga uygʻunligiga, yangilangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda uning maqsad va vazifalari haqida alohida toʻxtalib oʻtdi. Suhbat davomida ishtirokchilar oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


×