O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilib, atrof muhitning tozaligini saqlash va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 10 noyabr kuni Davlat va huquq instituti direktori M.Turg‘unov, direktor muovini A.Tulyaganov, bo‘lim boshlig‘i A.Teshaboyev hamda institut xodimlari tomonidan Institut qaramog‘idagi yer maydonida 25 ta sovuqqa chidamli oliy navli atirgul hamda 15 ta olma ko‘chatlari o‘tqazildi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari har hafta davom etirilishi belgilanib, o‘rik, anor, shaftoli, bodom va boshqa mevali daraxtlarni ekish rejalashtirildi.