O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilib, atrof muhitning tozaligini saqlash va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 16 noyabr kuni Davlat va huquq instituti Yosh olimlar Kengashi tomonidan Institut qaramog‘idagi yer maydonida «Drakon yuga» daraxt ko‘chatlari (gullar) o‘tqazildi.
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari Institut tomonidan har hafta davom etirilishi belgilanib, o‘rik, anor, shaftoli, bodom va boshqa mevali daraxtlarni ekish rejalashtirildi.