Сайт работает в тестовом режиме

Единый контактный номер (+998) 71 2000036; Телефон доверия (+998) 71 2335623

JST A’ZOLARI APELLYATSIYA ORGANINI ISLOH ETILISHINI TASDIQLADILAR

 

M.X.BARATOV

                                                                                     R.T.XAKIMOV

                                                                                     B.T.AKRAMXODJAEV

Abu-Dabida joriy yilning 26 fevralidan 2 mart kunigacha Jahon Savdo Tashkilotining 13-chi Vazirlik konferensiyasida ishtirok etgan JSTning a’zolari uning yakunlari bo‘yicha ushbu yil mobayinida tashkilotning bahslarini hal qilish tizimini isloh qilish to‘g‘risida kelishib olishdi.

JSTning Apellyatsiya organi Amerika Qo‘shma Shtatlar tomonidan yangi hakamlarni tayinlanishi bilan bog‘liq masalani hal etilishini to‘htatib qo‘ygani munosabati bilan mazkur organ 2019 yil dekabr oyidan o‘z faoliyatini davom ettiraolmadi. Shunga asosan ikki yil burun JSTning 12-si Vazirlik konferensiyasida (MK12) JST a’zolari mazkur tizimni faoliyatini tiklash to‘g‘risida kelishib olishgan edi.

Abu-Dabida o‘shtgan 13-chi Vazirlik konferensiyasi (MK 13) besh kunlik g‘ayrat ruhida o‘tgan muzokaralarida a’zo mamlakatlar Yakulovchi Deklaratsiyani qabul qildilar. Muhokama qilingan mavzular ichida ikki yil avval bo‘lib o‘tgan konferensiyasida qabul qilingan bahslarni hal qilish tizimini isloh qilish bilan bog‘liq Kelishuvni qabul qilish to‘g‘risidagi majburiyatni bajarilishi 2024 yil mobayinida amalga oshirilishi bo‘yicha yakdil holda mamlakatlar tomonidan ma’qullandi.

Konferensiyaning ahamiyatga molik natijalari bo‘yicha investitsiyalar bo‘yicha ko‘ptaraflama Kelishuvni qabul etilishi nihoyatda ulkan yutuq sifatida tan olindi, chunki 166 a’zo mamlakatlar ichida bu Kelishuvni JSTga a’zo bo‘lgan 123-ta mamlakat imzoladi. A’zo mamlakatlar umid qiladilarki keng miqyosidagi investitsiya sohasidagi Yagona ko‘ptaraflama qoidalarni yuzaga kelishi va ularni qo‘llab quvvatlanishi unchalik ko‘p vaqt talab etilmaydi, chunki bu masala asosan Kelishuvni ratifikatsiyalash bilan bog‘liq bo‘ladi.

Konferensiyaning kun tartibi bo‘yicha JST a’zolari ikki masala bo‘yicha kelishuvga yetisha olmadilar. Birinchi masala – bu qishloq xo‘jaligi sohasida bo‘lajak muzokaralarni qanday dastur asosida o‘tkazilishi bo‘yicha. Ikkinchi masala – baliq ovlash sohasidagi subsidiyalar bo‘yicha.

Agar birinchi mavzu bo‘yicha ushbu konferensiyada murosaga yetishish amaliy jihatdan mavjud bo‘lmaganini hisobga olsak, chunki mamlakatlar bergan takliflar bir biriga ma’lum darajada to‘g‘ri va mos kelmagani sababli, -degan ta’rif bilan baholasak. Ikkinchi mavzu bo‘yicha muvaffaqiyatga erishish imkoni mavjud edi, chunki amaliy jihatdan Kelishuvning matni muhokama qilinib, ma’qullangan bo‘lsada, ammo uni imzolanishi bilan bog‘liq jarayonda rivojlanayotgan mamlakatlar katta g‘ayrat bilan ushbu sohadagi imtiyozlar hajmi to‘g‘risidagi masalani ko‘tarishdi va bu masalani qo‘llab quvvatlashdi. Shunga asosan bu masala bo‘yicha murosa hosil bo‘lmadi.

Mazkur masalalar bo‘yicha kelgusi 14-chi Vazirlik konferensiyasigacha ikki yil mobaynida ushbu savollar bo‘yicha muzokaralar davom ettiriladi. Baliq ovlash sohasi bo‘yicha taqdim etiladigan subsidiyalar bo‘yicha Kelishuv matni eng yuksak darajada tayyor bo‘lganini tan olish zarur. Ammo qishloq xo‘jaligi sohasidagi mavjud muammolar, ularni hal etilishidagi yondoshuvlar ma’lum nisbiyat jihatidan bir biriga qarama-qarshi bo‘lganligi sababli, hozircha mamlakatlar o‘rtasida kelishuvni hosil qilish uchun asoslarni aniqlash hozircha mavhum vaziyatga ega, shunga asosan muzokaralar umumiy kelishuvga asos soluvchi tayanch nuqtalarini albatta birgalikda qidiradilar.

O‘zbekistonda esa «O‘zbekiston — 2030» Strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi[1] to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevralda qabul qilingan №PF-37-son Farmonining 5-Ilovasi “Xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan Amaliy tadbirlar Rejasining 93-maqsadi: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish”,-deb qayd etilgan.

Mazkur maqsadni ijro etish uchun asosiy mas’ul – Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil A.Urunov sifatida ko‘rsatilgan.

Ushbu vakilning zimmasiga O‘zbekiston Respublikasining JTSga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 8-yig‘ilishini 2024 yil mart oyida o‘tkazish belgilanib, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 8-yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha Kotibiyat va JSTga a’zo davlatlar bilan maslahatlashuvlar va muzokaralar tashkil etish. Ishchi guruhning 8-yig‘ilishini o‘tkazish sanasini kelishish.

2024 yilning aprel oyida esa O‘zbekiston bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishini o‘tkazish yuklatilgan.

Hamijrochilar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri B.Saidov va O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratovlar belgilangan.

Rossiya Federatsiyasining ekspertlari esa xalqaro savdo sohasida inqiroz bo‘lishi va savdo bilan bog‘liq bitmlarning sonini keskin ravishda kamayishini bashorat qilmoqdalar. Aynan bir paytda resurslardan foydalanish ham keskin pasayishi va buning natijasida neftga bo‘lgan narhlar azonlashuviga olib kelishi mumkin. Bu esa boshqa tovar-mollarning narhiga ham salbiy ta’sir qiladi va ular arzonlashadi. Ammo bir paytda kriptomoliya vositalari keskin tepaga sakrashi va ko‘pgina mamlakatlarda kriptomoliya asosiy to‘lov vositasiga aylanishini bashorat qilmoqdalar. Buning asosi sifatida ekspertlar ish bilan bog‘liq aholining tobora qarib borishi, ishsizliq darajasini o‘sib borishi, davlat qarzlarining o‘sishi va davlatlar o‘rtasida savdo to‘siqlarnining ko‘payishiga ishora qilmoqdalar. Fikrimizcha, mazkur mamlakatga nisbatan qo‘llanilgan moliya va iqtisodiy sanksiyalar o‘zini ta’sirini ko‘rsatib, aynan shunday noxush bashoratlarga turtki berayotganligidan dalolat bo‘lishi mumkin.


[1] Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон — 2030» Стратегиясини «Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили»да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисида”ги 2024 йил 24 февралдаги №ПФ-37-сон Фармони//(Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 23.02.2024 й., 06/24/37/0146-сон)


×