U faqat iqtisodiy yuksalish emas,
tinchlikni mustahkamlovchi tuzilma hamdir
Jahon savdo tashkiloti — moliyaviy idora. Uning faoliyati ushbu yoʻnalishga
ixtisoslashgan. Shu bois, unga tinchlik va barqarorlikni mustahkamlovchi
tuzilma, deya nisbat berilsa, koʻpchilik darrov tushunmasligi mumkin.
Binobarin, mazkur tashkilot xalqaro doirada tinchlikka qulay sharoitlar
yaratadi. Tarixda savdo bahslarining urushga aylanib ketishi bilan bogʻliq
koʻplab misollar mavjud. Chunonchi, 1930-yilda mamlakatlar oʻzaro raqobat
munosabatlaridan kelib chiqib, bir-birining oldiga turli savdo toʻsiqlarini
qoʻya boshlagandi. Natijada ushbu vaziyat bora-bora tang holatga chiqib,
Ikkinchi jahon urushiga eshik ochib beradi.
Ikkinchi jahon urushidan soʻng savdo sohasida yuzaga kelgan ikki hodisa urushdan
avvalgi davrdagi tanglikdan xalos qildi. Yevropada koʻmir va temir rudasi qazib
olish hamda poʻlat ishlab chiqarish sohasida xalqaro hamkorlik rishtalari rivoj topdi.
Global darajada esa tarifl ar va savdo boʻyicha bosh bitim (GATT) tuzildi. Manbalarda qayd
etilganidek, ikkita yoʻnalish muvaffaqiyatli rivoj landi va hozirgi davrga kelib, sezilarli
darajada kengaydi. Birinchisi, Yevropa Ittifoqi yuzaga kelgan boʻlsa, ikkinchisi, Jahon savdo
tashkiloti (JST) qaror topdi.JST erkin savdo prinsiplariga ishonch
yuzaga kelishi va mustahkamlanishida nihoyatda muhim rol oʻynaydi. Bunda,
ayniqsa, muzokaralarda konsensus asosida bitim tuzilishi va uning qoidalariga soʻzsiz
rioya qilish hamda bajarishni talab qilish katta ahamiyat kasb etadi.