The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

FA Davlat ва huquq instituti vakili odam savdosi jinoyatlarini tergov qilish ва sudda ko‘rib chiqish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

2026 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasida “Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilish ва sudda ko‘rib chiqish amaliyoti” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar doktori (DSs), professor Abduqodirov Sherzod Yoqubjonovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. Konferensiya doirasida sohaning yetakchi olimlari ва amaliyotchi mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzularda maʼruzalar qilindi. Jumladan, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash ва malakasini oshirish instituti Pedagoglar markazi professori N.E. G‘afurova «Surrogatlik sohasida odam savdosi: ayollar ва bolalarni ekspluatatsiya qilishning ҳуқуқий xavflari» mavzusida, Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi D.A. Xaliknazarova «Odam savdosiga oid jinoyatlarni sudlarda ko‘rish: amaliyot ва muammolar» mavzusida, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi Jinoyat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsenti T.A. Obidov esa «Odam savdosi jinoyatlarini tergov qilishda халқаро hamkorlik ва ҳуқуқий yordamning protsessual ahamiyati» mavzusida maʼruza qildi.

 

Anjuman ishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat ва huquq instituti katta ilmiy xodimi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Maʼrufjon Mamatojiyevich Tojiboyev ham ishtirok etib, «Odam savdosi jinoyatlarining oqibatida yetkazilgan moddiy ва maʼnaviy zararlarni sudda ko‘rib chiqish amaliyoti» mavzusida maʼruza qildi. U o‘z chiqishida odam savdosi jinoyatlari oqibatida jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy ва maʼnaviy zararlarni qoplashning ҳуқуқий asoslari, sud amaliyotida uchrayotgan ayrim muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy taklif ва amaliy tavsiyalarni bayon qildi. Shuningdek, jabrlanuvchilarning huquq ва qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, zararni to‘liq ва adolatli qoplash mexanizmlarini yana-da takomillashtirish hamda mazkur yo‘nalishda yagona sud amaliyotini shakllantirishning dolzarbligi taʼkidlandi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan qayd etilganidek, bugungi kunda mamlakatimizda odam savdosiga qarshi kurashish sohasining ҳуқуқий asoslarini yana-da mustahkamlash, jabrlanuvchilarning huquqlari ва qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini халқаро standartlar asosida rivojlantirish hamda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari ва ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish davr talabiga aylangan.

Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, sud ва tergov amaliyotini takomillashtirish hamda sohadagi qonunchilikni yana-da rivojlantirishga qaratilgan qator taklif ва tavsiyalar ishlab chiqildi.


×