The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Vasiylik kengashi

      Vasiylik kengashi Institutga quyidagi ustuvor masalalarda har tomonlama rivojlanishga ko‘maklashadi:

  • Huquqiy tadqiqotlar darajasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy islohotlarning keyingi istiqbollarini belgilashda huquqiy ilmiy ishlanmalarni samarali amalga oshirish;
  • Institut faoliyati rivojlanishiga ko‘maklashuvchi yangi shakl, dastur va istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy ishlanmalar natijalarini qonunchilik faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotiga samarali joriy etish;
  • O‘zaro hamkorlik to‘g‘risida hamkorlik kelishuvlarini tuzish amaliyotini rivojlantirish va ularni amalga oshirish;
  • Fan va ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish;
  • Institutga moliyaviy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, uning faoliyatini ta’minlash va rivojlantirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar, xayriya mablag‘larini jalb qilishga ko‘maklashish;
  • Institutning oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga rioya etilishini ta’minlash.
  • Institutda ilmiy-tadqiqot jarayonlarini samarali tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlovchi bo‘limlar, “Davlat va huquq jurnali, axborot-resurs markazi, ko‘rgazmali (elektron) kutubxona, muhandis-texnik va boshqa xizmatlar hamda bo‘linmalar tashkil etiladi.

 


×