Institutining asosiy ilmiy faoliyati quyidagilardan iborat:
– jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish;
– mamlakatning barqaror rivojlanishi maqsadidan kelib chiqib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar uchun ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish boʼyicha takliflarni oʼz ichiga olgan tahliliy hujjatlarni tayyorlash;
– davlat va huquq sohasida fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
– zamonaviy elektron-axborot va oʼquv-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda aholining, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga koʼmaklashish;
– ilmiy faoliyatni davlat boshqaruvi organlari, xoʼjalik birlashmalari bilan hamkorlikda, shartnomalar asosida amalga oshirish, eng dolzarb huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirish boʼyicha ilmiy yoʼnalishdagi fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish toʼgʼrisida shartnomalar tuzish;
– yuridik ixtisosliklar boʼyicha dissertatsiyalar himoyasini tashkil qiluvchi ilmiy kengashlar tuzish yoʼli bilan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda bevosita ishtirok etish;
– Institut xodimlarining davlat va jamiyat islohoti turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʼyicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi;
– doimiy asosda chop etiladigan «Davlat va huquq» jurnalini taʼsis etish, jamoaviy va individual monografiyalarni, oʼquv-metodik adabiyotlarni, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan ularning elektron shaklini nashr etishga doir faoliyatni amalga oshirish;
– jamiyat uchun dolzarb ilmiy-huquqiy muammolarni muhokama qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy tadbirlar (konferentsiyalar, simpoziumlar, seminarlar)ni oʼtkazish va ularda ishtirok etish;
– respublikada oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning davlat va huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik taʼminlash, shuningdek, davlat va huquq muammolarini oʼrganish boʼyicha Muvofiqlashtiruvchi ilmiy kengash tuzish.