– jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish;
– mamlakatning barqaror rivojlanishi maqsadidan kelib chiqib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar uchun ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy hujjatlarni tayyorlash;
– davlat va huquq sohasida fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
– zamonaviy elektron-axborot va o‘quv-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda aholining, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish;
– ilmiy faoliyatni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda, shartnomalar asosida amalga oshirish, eng dolzarb huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishdagi fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
– yuridik ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini tashkil qiluvchi ilmiy kengashlar tuzish yo‘li bilan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda bevosita ishtirok etish;
– institut xodimlarining davlat va jamiyat islohotining turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy tusdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi;
– doimiy asosda chop etiladigan «Davlat va huquq» jurnalini ta’sis etish, jamoaviy va individual monografiyalarni, o‘quv-metodik adabiyotlarni, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan, ularning elektron shaklini nashr etishga doir faoliyatni amalga oshirish;
– jamiyat uchun dolzarb ilmiy-huquqiy muammolarni muhokama qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy tadbirlar (konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar)ni o‘tkazish va ularda ishtirok etish;
– respublikada oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning davlat va huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash, shuningdek, davlat va huquq muammolarini o‘rganish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi ilmiy kengash tuzish.