«DAVLAT VA HUQU» ILMIY JURNALI HAQIDA MA’LUMOT
Jurnalning yo‘nalishi va u haqida qisqacha ma’lumot
«Davlat va huquq» — davlat, huquq va siyosiy-huquqiy sohalarda olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlar natijalarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-huquqiy jurnal hisoblanadi.
Jurnalda davlat va huquq nazariyasi va tarixi, milliy davlatchilik va huquqning tadrijiy rivojlanishi, konstitutsiyaviy huquq, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi, xalqaro huquq, inson huquqlari, huquq falsafasi, ekologiya va agrar huquq, shuningdek, huquqshunoslik bilan bog‘liq siyosatshunoslik, tarix, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlararo yo‘nalishlardagi ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy maqolalar nashr etiladi.
Jurnalning asosiy maqsadi milliy huquqshunoslik fani rivojiga ko‘maklashish, dolzarb davlat-huquqiy muammolarni ilmiy muhokama qilish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ilmiy jamoatchilikka yetkazish, milliy qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalarni shakllantirish, shuningdek, xalqaro-huquqiy standartlarni milliy huquq tizimiga implementatsiya qilish masalalarini ilmiy jihatdan yoritishdan iborat.
Jurnalning asosiy ilmiy yo‘nalishlari
«Davlat va huquq nazariyasi»
«Davlat va huquq tarixi»
«Siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi»
«Konstitutsiyaviy huquq»
«Fuqarolik huquqi»
«Ekologiya va agrar huquq»
«Jinoyat huquqi»
«Xalqaro huquq»
«Huquq falsafasi»
«Inson huquqlari»
«Fanlararo huquqiy tadqiqotlar» va b.
Maqolalar nashr etiladigan tillar
«Davlat va huquq» ilmiy jurnalida ilmiy maqolalar quyidagi uchta asosiy tilda nashr etiladi:
o‘zbek tilida;
rus tilida;
ingliz tilida.
Jurnalning nashr etila boshlagan yili
«Davlat va huquq» ilmiy-huquqiy jurnali 2026 yildan nashr etila boshlagan.
Jurnalning davriyligi
«Davlat va huquq» ilmiy jurnali har uch oyda bir marta, ya’ni yiliga to‘rt marta nashr etiladi.
Zaruratga ko‘ra jurnalning maxsus sonlari ham nashr qilinishi mumkin.
Jurnalning mutaxassisligi (sohalari)
Jurnalning asosiy mutaxassislik yo‘nalishi — yuridik fanlar (huquqshunoslik).
Jurnal quyidagi asosiy sohalar bo‘yicha ilmiy materiallarni qamrab oladi:
davlat va huquq nazariyasi; davlat va huquq tarixi; siyosiy-huquqiy ta’limotlar tarixi; konstitutsiyaviy huquq; fuqarolik huquqi; jinoyat huquqi; ekologiya va agrar huquq; xalqaro huquq; inson huquqlari; huquq falsafasi, shuningdek, siyosatshunoslik, tarix, iqtisodiyot, falsafa, sotsiologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq fanlararo huquqiy tadqiqotlar.
Nashr tashuvchisi
Tashuvchi: elektron (onlayn) nashr.
Jurnal elektron shaklda faoliyat yuritadi va ilmiy maqolalar elektron nashr formatida e’lon qilinadi.
Jurnalning nashriyoti, muassisi va manzili
Nashriyotning nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.
Nashriyot manzili: 100060, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri,
Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 81-uy.
Muassis: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti.