Institut O‘zbekistonda yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi.
O‘zbekistonda yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash o‘z faoliyatini barcha davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadigan alohida nizom asosida olib boradi hamda yuridik fanlar sohasida mamlakatimiz va horijiy davlatlarning eng tajribali, yuqori ilmiy salohiyatga ega yetakchi olimlari, mutaxassislari, amaliyotchilaridan iborat tarkibda tuziladi.
Institut direktori bir paytning o‘zida Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi o‘rinbosari, Institut ilmiy kotibi - Muvofiqlashtiruvchi kengash kotibi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq institutining Vasiylik kengashi tashkil etiladi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi tomonidan tasdiqlanadi. Vasiylik kengashi to‘g‘risida nizom Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Vasiylik kengashi zimmasiga qonun hujjatlarida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, turli mulkchilik shaklidagi tashilotlar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy, ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazlari bilan birgalikda huquqshunoslik fanining yaqin va davomiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida fundamental, innovatsion va amaliy tadqiqotlar hamda izlanishlarning samarali amalga oshirishni tashkil etish, ularning bu boradagi amaliy hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish kiradi.
Davlat va huquq instituti xodimlari
2021 yilda O‘zbekiston Respublikasida yuridik
fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi
kengashning majlislarida qatnashganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar
№ |
Xodimning F.I.Sh. |
Majlislar to‘g‘risidagi ma’lumot |
Ishtirok etgan shakli |
|
Turg‘unov M.T. Majidov M. Usmanov M.Sh. Toshqulov J. Isxakova L.F. Xvan L.B. Xamdamova F.U. Makkambaev P.A. |
O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning majlisi. Tadbir 2021 yil 19 yanvar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida o‘tkazildi. |
majlis qatnash-chilari |