Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
– Davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining umumiy qonuniyatlari, jahon siyosiy va huquqiy tafakkurining genezisi hamda evolutsiyasini tadqiq qilish;
– milliy davlatchilik va huquqning paydo bo‘lishi, evolyutsiyasi va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;
– davlat va huquqning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro ta’siri umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish;
– milliy davlatchilik rivojlaniishining huquqiy muammolari, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tahlil etish;
– konstitutsiyaviy va parlament huquqi, konstitutsiyaviy odil sudlovning rivojlanishini tadqiq qilish;
– inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va ta’minlashning zamonaviy muammolarini o‘rganish;
– huquqiy madaniyat, huquqiy ong va huquq sotsiologiyasini tadqiq qilish.
Bo‘limdagi xodimlar
Tashkulov Djurabay 1976 yilda Toshkent davlat universitetining huquqshunos-yurist mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Uzoq yillar davomida turli mas’uliyatili vazifalarda faoliyat yuritgan. Mexnat faoliyatini Samarkand davlat universitetida o‘qituvchilikdan boshlab, kafedra mudiri, huquqshunoslik fakulteti dekani, Moskva davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti aspiranti, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jahon muammolari 01.10.1994 yildan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti yetakchi ilmiy xodimi, Toshkent davlat yuridik instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, O‘zbekistan Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati ofitseri, Toshkent islom universiteti “Islom huquqi” kafedrasi mudiri va boshqa ko‘plab mas’uliyatli vazifaldarda faoliyat yuritgan.
Tashkulov Djurabay 1991 yilda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini olgan. 500 yaqin ilmiy maqollar va tezislar ...ta darsliklar, ... ta o‘quv qo‘llanmalar, ....muallifidir
Azizov Nig‘monjon Pardayevich 1966 yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1992 yilda Toshkent davlat yuridik institutini va 1995 yilda O‘zbekiston Respublikasi FA I.M.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti kunduzgi bo‘lim aspiranturasini tamomlagan, yuridik fanlar doktori, professor, egallab turgan lavozimida 2021 yil aprel oyidan ishlab kelmoqda.
N.P. Azizov 1997 yilda nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya komissiyasining 2004 yildagi qaroriga binoan «dosent» ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2018 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016.Yu30.01 raqamli ilmiy kengashda «XX asrning birinchi choragida Turkiston siyosiy partiyalari dasturlarida davlat va huquq masalalari» mavzusida 12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; huquqiy ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiyasini himoya qilgan. 2020 yilda «professor» ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan.
Umidullaev Qahramon Usmanovich 2003 yilda Termiz davlat universitetining tarix, 2007 yilda Samarqand davlat universitetining huquqshunoslik, 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini jamiyat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ish faoliyatini o‘qituvchilikdan boshlab, hokimlikda yurist, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida huquqiy ishlar bo‘yicha maslahatchi vazifalarida faoliyat yuritgan.
Umidullaev Qahramon Usmanovich 2019 yilda “O‘zbekistonda mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini baholashning nazariy-huquqiy asoslari” mavzusida falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 50 yaqin ilmiy maqollar va tezislar muallifidir.