The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Institut haqida

Tashkil topish tarixi: Tashkil topgan yili 2020-y.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktyabrdagi 675-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

Manzili: O‘zbekiston, 100060, Toshkent shahri. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 81-uy, tel.: +(998-97) 737 49 97; e-mail: info@islas.uz

Direktor: yuridik fanlar doktori (DSc) Turgunov Murodjon Tursunboevich

Xodimlar tarkibi: akademik – 1; fan doktori – 9; fan nomzodi – 2; PhD – 2; ilmiy xodimlar - 15; jami xodimlar – 27.

Asosiy tadqiqot yo‘nalishi va faoliyati

  • jamiyat va davlat qurilishi, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarga maslahat va ekspert yordamini tashkil qilish;
  • mamlakatning barqaror rivojlanishi maqsadidan kelib chiqib qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlar uchun ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni o‘z ichiga olgan tahliliy hujjatlarni tayyorlash;
  • davlat va huquq sohasida fanlararo fundamental ilmiy tadqiqotlarni bajarish;
  • zamonaviy elektron-axborot va o‘quv-pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda aholining, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, inson huquqlari madaniyatini shakllantirishga ko‘maklashish;
  • ilmiy faoliyatni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari bilan hamkorlikda, shartnomalar asosida amalga oshirish, eng dolzarb huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ilmiy yo‘nalishdagi fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
  • yuridik ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasini tashkil qiluvchi ilmiy kengashlar tuzish yo‘li bilan zamonaviy talablarga muvofiq ilmiy kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishda bevosita ishtirok etish;
  • institut xodimlarining davlat va jamiyat islohotining turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy tusdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi;
  • doimiy asosda chop etiladigan «Davlat va huquq» jurnalini ta’sis etish, jamoaviy va individual monografiyalarni, o‘quv-metodik adabiyotlarni, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan, ularning elektron shaklini nashr etishga doir faoliyatni amalga oshirish;
  • jamiyat uchun dolzarb ilmiy-huquqiy muammolarni muhokama qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy tadbirlar (konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar)ni o‘tkazish va ularda ishtirok etish;
  • respublikada oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning davlat va huquq sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash, shuningdek, davlat va huquq muammolarini o‘rganish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi ilmiy kengash tuzish.

Institut tuzilmasi va ilmiy bo‘limlari

Institut davlat, huquqiy va siyosiy–huquqiy yo‘nalishlarda fundamen-tal va amaliy ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni olib boruvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida yurisprudensiya sohasidagi ilmiy yo‘nalishlar va tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi asosiy ilmiy markaz hisoblanadi.

Institut O‘zbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlan-tirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi hisoblanadi. Kengash 64 a’zodan iborat bo‘lib, Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi A.X.Saidov rahbarlik qiladi.

Nazariy-tarixiy, davlat-huquqiy va konstitutsiyaviy-huquqiy fanlar bo‘limi

Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari:

Davlat va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishining umumiy qonuniyatlari, jahon siyosiy va huquqiy tafakkurining genezisi hamda evolyusiyasini tadqiq qilish;

milliy davlatchilik va huquqning paydo bo‘lishi, evolyusiyasi va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish;

davlat va huquqning fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro ta’siri umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish;

milliy davlatchilik rivojlaniishining huquqiy muammolari, shaxs, jamiyat va davlatning o‘zaro munosabatlarini tahlil etish;

konstitutsiyaviy va parlament huquqi, konstitutsiyaviy odil sudlovning rivojlanishini tadqiq qilish;

inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va ta’minlashning zamonaviy muammolarini o‘rganish;

huquqiy madaniyat, huquqiy ong va huquq sotsiologiyasini tadqiq qilish.

Ma’muriy-huquqiy, jinoiy-huquqiy fanlar bo‘limi

Bo‘limning ustuvor vazifalari – ma’muriy-huquqiy fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borish, ma’muriy va moliyaviy huquq ilmiy maktabini tiklashga ko‘maklashish, O‘zbekiston Respublikasida ommaviy huquq sohalari bo‘yicha yangicha ta’limotni yaratishdir.

Bo‘lim umumiy ma’muriy huquq, maxsus ma’muriy huquq, moliya huquqi institutlarini tadqiq qilishni rejalashtiradi, boshqa ommaviy huquq sohalari va institutlari bo‘yicha bazaviy tadqiqotlarni olib bormoqda.

Bo‘lim xodimlari davlat organlari tomonidan tayyorlangan huquqiy konsepsiyalar va me’yoriy hujjatlar loyihalarini ilmiy baholash va tahlil qilishda ekspert sifatida qatnashadilar. Ilmiy xodimlar xalqaro tashkilotlar bilan qonun ustuvorligi sohasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha katta tajribaga ega.

Bo‘lim MDH davlatlari olimlari bilan qiyosiy qo‘shma ilmiy tadqiqotlarda, ixtisoslashtirilgan sohalar bo‘yicha namunaviy qonun hujjatlari loyihalari, davlat boshqaruvi sohasidagi konseptual qarorlar, ma’muriy islohotlar va ma’muriy sudning ayrim masalalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Bo‘limda ilmiy muassasalarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan ilmiy aloqalarni rivojlantirilmoqda.

Fuqarolik-huquqiy va xalqaro-huquqiy fanlar va xalqaro tashkilotlar bo‘limi

Bo‘limning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari:

fuqarolik-huquqiy va xalqaro-huquqiy intizomlar sohasida bazaviy tadqiqotlar o‘tkazish;

milliy qonunchilikning xalqaro huquqiy normalar va standartlarga muvofiqligini tahlil qilish, ularni mamlakatimiz qonunchiligiga samarali tatbiq ztish uchun tegishli takliflarni ishlab chiqish;

fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish, shuningdek xalqaro huquqiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ekspert yordamini ko‘rsatish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

Bo‘lim xodimlari ilmiy huquqiy tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy adabiyotlarni tayyorlash, ilmiy kadrlar malakasini oshirishda, fuqarolik huquqi va xalqaro huquqiy fanlarning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika ilmiy tadbirlarida faol qatnashmoqdalar.

Shu bilan birga bo‘lim xodimlari boshqa ilmiy, o‘quv va boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Ular davlat organlari va boshqa muhim tashkilotlarda ekspert sifatida qatnashadigan ko‘plab ilmiy maslahat kengashlari, ishchi guruhlarning a’zolari hisoblanishadi.

Bo‘lim ishini tashkil etishda zamonaviy sharoitlarda fuqarolik huquqi va xalqaro huquqning rivojlanishi, fuqarolik huquqiy va xalqaro huquqiy fanlarning rivojlanishining yangi tendensiyalari va istiqbollari kabi masalalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Bazaviy ilmiy muammolarni ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammmolar shular jumlasidandir. Hozirgi kunda bo‘lim xodimlari raqamli transformatsiya sharoitida fuqarolik huquqi va xalqaro huquqiy fanlarni rivojlantirishga, O‘zbekistonning inson huquqlari, mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish, xalqaro saylov standartlari, xalqaro xavfsizlik qonunchiligi va boshqa sohalardagi xalqaro tashabbuslarini amalga oshirishga bag‘ishlangan bir qator ilmiy nashrlarni tayyorlash ustida ishlamoqda.

Institutning ustuvor ilmiy loyihalari

  1. O‘zbekiston Respublikasining Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya Konsepsiyasini to‘laqonli amalga oshirishga ishtirok etish;

Qonunchilikda va davlat organlarining amaliy faoliyatida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish mexanizmlari va tartib-tamoyillari samaradorligini oshirish, fuqaro-larning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish; inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish, aholining inson huquqlari sohasidagi savodxonligi va huquqiy ongini oshirish.

  1. Institutda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi tanlov komissiyasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalar tanlovi uchun 6 ta amaliy va innovatsion grant loyihalari topshirilgan:
  • Soliq organlari faoliyatida yangi ma’muriy protsedura(tartib-tamoyillar)lar qo‘llash amaliyotini joriy qilish.
  • O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilishini xalqaro va milliy monitoring qilishning yangi zamonaviy mexanizmini yaratish.
  • Raqamli iqtisodiyot sharoitida xususiy huquq sohalarini tartibga soluvchi huquqiy manbalarni tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish, ularni o‘zaro ta’sir maydonlarini aniqlash va uyg‘unlashtirish.
  • O‘zbekistonda davlat, huquq va din o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish va jahon tajribasini inobatga olgan holda, din bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishning zamonaviy xuquqiy bazasini shakllantirish.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlatchiligi va huquqini mustahkamlash.
  • Yangilanayotgan O‘zbekiston fuqarolik jamiyatining yangi tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy-ma’rifiy asoslarini yaratish.

Xalqaro hamkorlik

Institut yangidan tashkil etilganligini inobatga olgan holda, xalqaro hamkorlik “Institutning 20212025-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi”da belgilangan muddatlarda amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, institut O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi bilan birgalikda GIZning “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikkka ko‘maklashish” dasturi ko‘magida 2021-yil 25-mayda Germaniyaning ma’muriy protsessual qonuni qabul qilinganligining 45 yilligiga bag‘ishlab “Ma’muriy huquqning nemis doktrinasi va Markaziy Osiyo davlatlarida ma’muriy tartib-tamoyillar institutining shakllanishi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Tadbirning maqsadi ma’muriy huquq sohasida qiyosiy xuquqiy tadqiqotlarning amaliyotini muhokama qilish, qonun ijodkorligini amaliy masalalarni hal qilishda ilmiy tahlillarni qo‘llab quvvatlash, shuningdek, ushbu sohani O‘zbekistonda yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishdir.

Tadbirda Markaziy Osiyo, Germaniya, Rossiya va Ukrainaning ma’muriy huquq sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Institut jamoasi tomonidan nashr etilgan monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma va to‘plamlar

  1. Monografiya: Saidov A.X. Sravnitelnoe pravovedenie: akademicheskiy uchebnik. – Moskva: Norma: INFRA-M, 2020. – 320 b.

  1. Monografiya: M.T.Turgunov. Avesto va inson huquqlari tarixiy-huquqiy yondashuv. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti 2021. – 212 b.
  2. A.X.Saidov. Qiyosiy adabiyotga kirish – T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti, 2020. – 772 b.
  3. Inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyani amalga oshirish: dastlabki natijalar, A.X.Saidov bilan intervyu // Pravda Vostoka. 23.09.2020 yil.
  4. A.X.Saidov. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya: mohiyat, ahamiyat. Maqsad va vazifalar https://uza.uz/ru/posts/natsionalnaya-strategiya-po-pravam-heloveka-sut-znachenie-ts-30-06-2020.
  5. M.T.Turgunov. «Avesto» va zoorastrizm. Amerika tadqiqot jurnalidagi maqola. № 11-12, 2020. 59-65 b.
  6. M.T.Turgunov «Avesto» va huquqiy antropologiya. «Yosh olimlarning ilmiy g‘oyalari» xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasi to‘plamidagi tezis (Varshava, Polsha, dekabr, 2020-yil).

dolzarb ilmiy va huquqiy masalalar bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy tadbirlarini (konferensiyalar, simfoziumlar, seminar va boshqalarni) o‘tkazish hamda jamiyat uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

Institutning istiqboldagi ustuvor vazifalari

mamlakatimizdagi davlat va huquq sohasiga tegishli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy ta’minot, davlat va huquqiy masalalarni o‘rganish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi ilmiy kengashni tashkil etish; davlat va jamoat islohotlarining turli jihatlariga oid me’yoriy-huquqiy va dasturiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ilmiy ekspert kengashlari, davlat organlari huzuridagi komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Davlat va huquq» jurnalini yaratish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jamoaviy va individual monografiyalarni, o‘quv-uslubiy adabiyotlarni, qonun hujjatlariga ilmiy-uslubiy sharhlarni (shu jumladan elektron tarzda) nashr etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;


×