The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Yuridik fanlarni sohalar buyicha rivojlantirish yunalishlari

Huquqiy fanlarni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

– davlat va huquqning paydo boʼlishi, rivojlanishi va faoliyat koʼrsatishining umumiy qonuniyatlari, jahon siyosiy va huquqiy tafakkurining genezisi hamda evolyutsiyasini tadqiq qilish;

– milliy davlatchilik va huquqning paydo boʼlishi, evolyutsiyasi va rivojlanish istiqbollarini oʼrganish;

– davlat va huquqning fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʼzaro taʼsiri umumiy qonuniyatlarini tadqiq qilish;

– milliy davlatchilik rivojlaniishining huquqiy muammolari, shaxs, jamiyat va davlatning oʼzaro munosabatlarini taxdil etish;

– huquqiy til va huquqiy terminologiyani tizimli ravishda oʼrganish va tahlil etish;

– konstitutsiyaviy va parlament huquqi, konstitutsiyaviy odil sudlovning rivojlanishini tadqiq qilish;

– inson va fuqarolar huquq hamda erkinliklarini himoya qilish, qoʼllab-quvvatlash va ta’minlashning zamonaviy muammolarini oʼrganish;

– huquqiy madaniyat, huquqiy ong va huquq sotsiologiyasini tadqiq qilish;

– raqamli iqtisodiyot shakllanishi sharoitida maʼmuriy va sud-huquq islohotlarining fundamental muammolarini oʼrganish;

– tadbirkorlik faoliyati va raqamli iqtisodiyotni tartibga solishning huquqiy jihatlarini oʼrganish;

– qishloq xoʼjaligi, suv, yer va ekologiya huquqining dolzarb muammolarini tadqiq etish;

– axborot xavfsizligiga zamonaviy taxdidlar sharoitida axborot huquqi muammolarini tadqiq etish;

– raqamli iqtisodiyotda davlatning moliyaviy asoslari, bank, soliq va bojxona tizimlarini takomillashtirishning huquqiy muammolarini oʼrganish;

– rivojlangan davlatlarning ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish tajribasini qiyosiy-huquqiy tadqiq etish;

– xalqaro ommaviy va xususiy xuquq muammolarini, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini, inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarini bajarishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalarini tizimli oʼrganish;

– yuridik fanlarning boshqa sohalarida ham dolzarb boʼlgan tadqiqotlarni amalga oshirish.


×