The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Ilmiy kengash

Institut direktori huzurida loyiha va sektor rahbarlari, shuningdek yuridik sohaning ko‘zga ko‘ringan va yetakchi mutaxassislaridan iborat Institut Ilmiy kengashi tashkil etiladi. Institut Ilmiy kengashi institutning yuqori organi hisoblanadi. U maslahat organi bo‘lib, Ustavga muvofiq ish yuritadi.

Ilmiy kengash institut ilmiy-tashkiliy va moliyaviy faoliyatida, institutni qo‘llab-quvvatlash fondi harajatlarining muhokamalarida qatnashadi, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ularga yordam ko‘rsatish yuzasidan takliflar kiritadi hamda ishlarni o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qiladi.

Institut Ilmiy kengashi direktor, Vasiylik kengashi raisi, direktor o‘rinbosarlari, ilmiy kotib, bo‘lim mudirlari, loyiha rahbarlari, bosh ilmiy xodimlar, shuningdek, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi va yosh olimlar kengashi raisidan iborat tarkibda shakllantiriladi.

Lavozimiga ko‘ra Institut direktori Ilmiy kengash raisi hisoblanadi, direktor bo‘lmagan paytda Ilmiy kengash raisligi uning vazifasini bajaruvchi o‘rinbosari zimmasiga yuklanadi, Institutning ilmiy kotibi Ilmiy kengash kotibi hisoblanadi.

Institutning ilmiy kengashi:

Institutning yaqin, o‘rta va davomli muddatda mo‘ljallangan tadbirlar majmuini o‘z ichiga olgan «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlaydi;

ilmiy ishlar va tayyor ilmiy mahsulotlarning nashr rejalari, kadrlar tayyorlash dasturini, grantlar va loyihalarni, kengash va konferensiyalar o‘tkazishning tashkiliy masalalarini ko‘rib chiqadi;

institut ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyatining muhim natijalarini, bo‘limlar hisobotlarini ko‘rib chiqadi va baho beradi;

institutning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirishga oid masalalarni muhokama qiladi va tasdiqlaydi;

muhim ilmiy muammolarni belgilaydi, ilmiy mavzularni muhokama qiladi va institutning barcha ishlarini yo‘naltirib boradi;

boshqa ilmiy muassasalar bilan muvofiqlashish va ijodiy hamkorlik qilish masalalarini muhokama qiladi;

falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalarining mavzularini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

ilmiy tadqiqot bo‘limlar mudirlari, fan doktori va PhD talabgorlari hamda mustaqil izlanuvchilar ishlari yuzasidan hisobotlarni tinglaydi;

ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi, ilmiy kadrlar tayyorlash yuzasidan olimlarning axborotlarini muntazam eshitib boradi;

yuridik fanlar va ta’lim integratsiyasi muammolarini muhokama qiladi;

mashhur ilmiy ishlar va ularning mualliflarini fan va texnika sohasidagi Davlat mukofotlariga, shuningdek atoqli olimlar nomidagi mukofotlar va maxsus nishonlarga takdim etadi, institut olimlarini faxriy unvonlar va boshqa mukofotlar olishga tavsiya qiladi;

Oliy Attestatsiya Komissiyasiga ilmiy unvonlar berish taklifi bilan chiqadi;

yuridik fanlar bo‘yicha ulkan natijalarga erishgan yoki institutga katta yordam bergan O‘zbekiston va chet el fuqarolariga “Davlat va huquq institutining faxriy doktori” unvonini beradi;

institutning ilmiy nashrlari rejasini tasdiqlaydi;

institut olimlarining ilmiy ishlarini nashrga tavsiya etadi.

Ilmiy kengash, majlisda a’zolarining 2/3 qismi ishtirok etganda, qaror qabul qilish vakolatiga ega.

Agar ko‘rilayotgan masala yashirin ovoz berishni talab qilmasa, qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi.


×