1. O’zbekiston Respublikasining Inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Inson huquqlari bo’yicha Milliy strategiya Konsepsiyasini to’laqonli amalga oshirishga ishtirok etish.
Qonunchilikda va davlat organlarining amaliy faoliyatida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish mexanizmlari va tartib-tamoyillari samaradorligini oshirish, fuqaro-larning huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish; inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish, aholining inson huquqlari sohasidagi savodxonligi va huquqiy ongini oshirish.
2. Institutda O’zbekiston Respublikasi Innovatsion vazirligi tanlov komissiyasiga ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ilmiy loyihalar tanlovi uchun 6 ta amaliy va innovatsion grant loyihalari topshirilgan:
– Soliq organlari faoliyatida yangi ma’muriy protsedura(tartib-tamoyillar)lar qo’llash amaliyotini joriy qilish.
– O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarilishini xalqaro va milliy monitoring qilishning yangi zamonaviy mexanizmini yaratish.
– Raqamli iqtisodiyot sharoitida xususiy huquq sohalarini tartibga soluvchi huquqiy manbalarni tizimlashtirish va kodifikatsiyalashtirish, ularni o’zaro ta’sir maydonlarini aniqlash va uyg’unlashtirish.
– O’zbekistonda davlat, huquq va din o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni o’rganish va jahon tajribasini inobatga olgan holda, din bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishning zamonaviy xuquqiy bazasini shakllantirish.
– Qoraqalpog’iston Respublikasi davlatchiligi va huquqini mustahkamlash.
– Yangilanayotgan O’zbekiston fuqarolik jamiyatining yangi tashkiliy-huquqiy, ijtimoiy-falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy-ma’rifiy asoslarini yaratish.