The site is running testing mode

Yagona aloqa raqami (+998) 71 2000036; Ishonch telefoni (+998) 71 2335623

Adabiyot va huquq (V.Guyugo va Shekspir misolida)

Huquqiy  va  adabiyot tushunchalari bir qarashda bir-biriga aloqasi yo‘qdek, lekin ularni chuqurroq tahlil qiladigan bo‘lsak, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni va muhim jihatlarini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Jumladan, huquqiy tafakkur va badiiy adabiyot nazariyasiga oid barcha muammolar atroflicha o‘rganilishi zarur. Chunki huquqiy tafakkur aks etgan badiiy  asarlarni o‘rganish chog‘ida kitobxonda nazariy bilimlar mustahkamlanadi, ilmiy mohiyati, o‘quv jarayonining qulayligi oshadi, adabiyot va huquqshunoslik o‘rtasidagi bog‘liqlik amalga oshiriladi. Shu bilan birga har bir muayyan holatlarda tafakkurning turlicha ko‘rinishlarini tushunishga qat’iy belgilanadigan  u yoki bu jihati ustun bo‘ladi. Chunonchi, huquqiy hayotda  ma’rifatparvarlikni  shakllanishini  ta’minlashda inson omilini oshirish nuqtai nazaridan yondashilganda  avvalambor e’tiborni huquqiy tafakkur va huquqiy madaniyatning mazmuniga qaratish zarurligi namoyon bo‘ladi. Jamiyatning huquqiy tafakkuri, madaniyati va huquqiy ong qonunlarni takomillashtirish va huquqiy tajribaning muayyan darajasini aks ettiradigan hamda insoniyat huquq sohasida yaratilgan butun boyliklarni qamrab oladigan ijtimoiy madaniyatning bir turi sifatida ko‘riladi.

Jahon adabiyotida huquqiy tafakkur g‘oyasi mohiyatan asos bo‘lib xizmat qiladi. Asarlarda o‘lim jazosi . Inson hayoti Oliy qadriyat qanday og‘ir jinoyat qilib qo‘ysangiz bormi sizni ikki yuqoridan pastga tushirilgan aylanma arqon kutib turadi. Hayotingiz tugash sababi-jinoyat ekanligi shu yerda ma’lum bo‘ladi. Insonning yashash huquqi Fransuz adabiy muhiti bilan bog‘liq hisoblanadi. Mana aytaylik yetuk Fransuz yozuvchisi Viktor Gyugo. Gyugo tasvirlash usuli keng bo‘lib,asardagi voqea hodisalar bilan yashaysiz.

 O‘lim jazosining adolatsizligi, shavqatsizligi va befoydaligi muallifning yoshligida yozilgan asosan ikkita asarida “O‘limga hukm qilingan kishining so‘nggi kuni” va “Klod Gyo”da o‘z aksini topgan. Xususan, Gyugoning “O‘limga hukm qilingan kishining so‘nggi kuni” asari so‘zboshisi quyidagi jumlalar bilan yakun topgan: “O‘tmishdagi ijtimoiy tizim uchta ustunga, ya’ni, ruhoniy, qirol va jallodga asoslanardi. Xudolar o‘tarlar, deya qandaydir ovoz yangraganiga ancha bo‘ldi. Yaqinda esa, qirollar o‘tarlar, deya yana qandaydir ovoz turib, jallodlar ham ketsin, deyish vaqti keldi!

Shu asnoda eski jamiyatning toshlari  birin-ketin qulay boshlaydi. Xudolarga rahmi kelganlarga – Xudo qoladi, -deya olishdi. Qirollarga rahmi kelganlarga – Vatan qolar. Jallodlarga rahmi kelganlarga esa – aytishga gap yo‘q. Ammo jallod bilan tartib ham yo‘qoladi, deganiga ishonmanglar. Kelgusi jamiyat gumbazi ushbu dahshatli kalitsiz qulamaydi.  Gyugoning yana bir jihati borki, u inson huquqlariga oid fikrlar va qarashlardan iborat. Uning fikricha: “Jabr-zulmin yomon ko‘raman. Yerda esa mustamlaka xalqlar bosqinchilar zulmi ostida ezilib yotibdi. Turkiya oyog‘i ostidan Gresiya ezilganini, qonga belangan Irlandiyaning tugayotganini, Avstriya o‘zining hassasi bilan sharmandalarcha venesiyalik sherni sindirishni, Vena tirnoqlari bilan Milanni ushlab turayotganini ko‘rsam, men hamma tiranlarni la’natlayman. Men shoirni sudya deb his qilaman. O‘shanda men yoqimli qo‘shiqlarni tashlayman va o‘zimning liramga mis torini qo‘shaman”, degan g‘oyalarni ilgari surgan.

Gʻarb adabiyotida yurisprudensiya muammolari angliya adabiyotida ham ufurib turadi .  Ingliz adabiyotining yetuk namoyandasi Vilyam Shekspirning “Venesiyalik savdogar” komedik asari ham huquqiy tafakkur va badiiy adabiyot uyg‘unligiga ko‘zimiz tushishi mumkin. Komediyada, Antonio ismli yosh Venesiyalik savdogar yigit xasis va sudxo‘r keksa Shaylok ismli yahudiydan qarz oladi. Hazil tariqasida, agar qarz qaytarilmasa, u o‘z tanasidan bir funt(454 grammga teng og‘irlik o‘lchovi) go‘sht kesib olishim mushkingligi qayd qilingan tilxatga imzo chekishga rozi bo‘ladi. Buni qarangki, u aytilgan muddatda pullarni qaytara olmaydi. Shunda sudxo‘r Shaylok Antotiodan va’dasini bajarish fursati yetganini ta’kidlab, sudda ular o‘zaro imzo chekkan tilxatni ko‘rsatadi. Haqiqatdan ham Shaylok haq edi, chunki Antonio tilxatga imzo chekkan edi. Sudda hakamlik qilayotgan Venesiya gersogi Shaylokdan shafqat qilishini so‘raydi.

Lekin u rahm-shafqat kerak emasligini aytadi va adolat istayotganini aytib, menga bir funt go‘shtimni bering, deya gapida qat’iy turadi. Qasos onlari juda yaqin qolganini sezib, u o‘zi bilan olib kelgan uzun pichog‘ini qayray boshlaydi. Ammo shu payt boshqa shahardan malakali yosh huquqshunos shu ishga hakamlik qilish uchun keladi. Yosh huquqshunos Gersogning huquqshunos do‘sti yozgan iltimosnomani sudyaga topshirishadi. Iltimosnomada yosh huquqshunos bu ishni ko‘rib chiqishga vakolatli ekanligi aytilgan.

Voqealar keskin tus olgan paytda, huquqshunos o‘zining tafakkuri bilan vaziyatdan o‘ta oqilona yo‘l bilan chiqib ketadi. Ya’ni, bu garov xatida bir tomchi qonni ham to‘kish huquqi yo‘qligi va Antonioning bir funt go‘shtini bir tomchi qon oqizmasdan olishini aytib, Shaylokni dovda qoldiradi. Shu tariqa, bir funt go‘shtni talab qilgan Shaylok, huquqshunosning tafakkuri tufayli hech vaqosiz qoladi. Albatta ijodkorning mahoratiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Sababi ijodkor ham badiiy adabiyot ham huquqiy tafakkurni shunday o‘zaro bog‘laganki, har qanday zamon uchun yorqin misoldek qolaveradi.

Ha, bir qarashda oddiydek tuyulgan edi, lekin Frans Kafkaning insoniyatning qismati, yashash huquqi, erki, qadr-qimmati, daxlsizligi to‘g‘risida uning o‘zi bilganlaridan tashqari yana ham murakkabroq, yana ham chigalroq mulohazakor asarlari, Viktor Gyugoning o‘lim jazosiga qarshi ilg‘or qarashlari, insonning birinchi ehtiyoji, birinchi huquqi, birinchi burchi – Ozodlikdir, degan qarashlari hamda Vilyam Shekspirning komediya va dramalarida tiriklikning ustuni ─ yaxshilik, mehr-oqibat, ishonch, odamiylik, vafo, muhabbat va inson erkinligi hamda adolat ekanligi o‘z aksini topgani va bularning barchasi huquqiy sohaga juda ham zarur ekanligidan dalolatdir.

 

Saidakmal Mamasoliyev

TDYUU qoshidagi akademik lisey 2-bosqich o‘quvchisi,mustaqil tadqiqotchi


×