2023 yil 27 mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Oltiariq ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonun - ustozlar va yoshlar nigohida" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi, Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi, Barqaror rivojlanish markazi hamda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani hokimligi hamkorligida tashkil qilindi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlar, yerishilgan milliy va xorijiy tajribaning ilg‘or xususiyatlari, kutilayotgan siyosiy jarayonlar, norma ijodkorligi haqida O‘zFA Davlat va huquq instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor M.X.Baratov o‘z fikr-mulohazalarini o‘quvchilar hamda o‘qituvchilarga bayon qildi.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendumning mazmun-mohiyatiga tarix fani o‘qituvchilari alohida urg‘u berib o‘tdilar.
Tadbirda 175 nafar maktab pedagogik jamoasi va o‘quvchilar ishtirok etishdi.